Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kazemiro – to‘qqizinchi. "MYU"ning braziliyalik o‘g‘lonlari: ular kimlar edi?

Kazemiro – to‘qqizinchi. "MYU"ning braziliyalik o‘g‘lonlari: ular kimlar edi?

Baho:
+ | -

Kazemiro Madridning "Real" klubidan 70 million funtga xarid qilingan edi. Braziliya terma jamoasi a’zosi "Manchester Yunayted" safida harakat qilayotgan tarixdagi to‘qqizinchi braziliyalik o‘yinchiga aylandi. 30 yoshli yarim himoya vakili "qizil iblislar" safida haftasiga 350 ming funt oladigan bo‘ldi.
Quyida "MYU"ning yana sakkizta braziliyalik sobiq futbolchilari haqida so‘z boradi.

Rafael

Rafael futboldagi faoliyatida o‘z egizak akasi Fabiuga qaraganda yaxshiroq va muvaffaqiyatliroq harakat qilgan. U "MYU" afsonalaridan biri Gari Nevill jamoadan ketganidan so‘ng, uning o‘rnini to‘ldiradi. Rafael "MYU" bilan uchta APL titulini qo‘lga kiritgan. Braziliyalik himoyachi 2013 yildagi Fergyusonning iste’fosidan keyin Devid Moyes hamda Lui van Gal davrida asosiy jamoadagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yadi. Shu sababli 2015 yilda "Lion"ga sotib yuborilgan.

Aderson

Bu futbolchi jamoadagi debyut mavsumidayoq katta muvaffaqiyatga erishadi. Aderson 2008 yilda "Chelsi"ni YECHL finalida taslim etgan zarbani yo‘llagan edi. Ammo yarim himoyachining keyingi ishlari unchalik ham omadli kechmadi. Chunki jarohatlar uni qiynab qo‘ygandi. Aderson "MYU"da 8 yil davomida 4 marta APL chempionligiga erishgan edi.

Fred

2018 yilda "MYU" Ukrainaning "Shaxtyor" klubidan 53 million funt evaziga Fredni xarid qilgandi. 29 yoshli yarim himoyachi hali ham "Old Trafford"da. Fred "MYU"ning sobiq futbolchisi Maykl Karrik tomonidan maqtovga sazovar bo‘lgan.

Fabiu

Fabiu yuqorida nomi keltirilgan Rafaelning egizagi edi. U 2008 yilda "Fluminense"dan sotib olinadi. Ammo u o‘z ukasi yo‘lidan yura olmadi va asosiy tarkibga kirishga qiynaldi. Fabiu "Manchester Yunayted" safida 50 dan ortiq o‘yinda qatnashib, 2011 yilda YECHL finalchisiga aylangandi. Afsuski, himoyachi 2014 yilda "Kardiff Siti"ga sotib yuboriladi.

Adreas Pereyra

Pereyra 2012 yilda "PSV" akademiyasidan olib kelinadi. Belgiyada tug‘ilib-o‘sgan braziliyalik futbolchi, hech qachon barqaror o‘yin ko‘rsata olmagan. U "MYU" safida Angliya kubogini yutishga erishgan xolos. Pereyra bu yozda "Fulxem"ga sotib yuborildi.

Aleks Telles

Ushbu braziliyalik futbolchi "Portu"dan xarid qilinadi. O‘shanda Telles ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Ammo u ham o‘zidan kutilgan natijalarni bermadi. Aleks Telles asosiy tarkibda Lyuk Shouga kurashni boy bergan. Ayni damda u "Sevilya"ga ijaraga berilgan.

Kleberson

Jahon chempioni bo‘lgan futbolchi "MYU"ga "Atletiko Paranaense"dan olib kelinadi. Biroq, u klubdagi ikkinchi o‘yinidayoq jarohat oladi. Bu esa uning Angliyadagi faoliyatiga bolta uradi. Kleberson ikki mavsum davomida "MYU" bilan birga bo‘lib, atigi 28 ta o‘yinda qatnashadi. Shundan so‘ng uning manzili Turkiya bo‘ldi.

Rodrigo Possebon

Rodrigo 2008 yilda jamoaga olib kelingan. O‘sha payti uning kelajagi porloq deya ishonilgan. Ammo u liga kubogi bahsida dahshatli jarohat olgach, qayta o‘nglanmaydi. Bu esa futbolchining faoliyatidagi katta nuqta edi. Rodrigo ikki yarim yil davomida 8 marta maydonga tushdi. 2010 yilda esa Braziliyaga qaytib, "Santos"da o‘ynay boshladi. Ayni damda 33 yoshda bo‘lgan yarim himoyachi faoliyatini yakunlagan.

Shuningdek, bu ro‘yxatda yaqindagina "Ayaks"dan 100 million yevroga xarid qilingan Antoni ham mavjud. U mavsumning qolgan qismida debyut qilishi mumkin bo‘ladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: newsnow.co.uk
Kiritildi: 12:14, 30.08.2022.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик