Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

OFK U20 saralash turnirida O‘zbekiston U19 terma jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi

OFK U20 saralash turnirida O‘zbekiston U19 terma jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bilasiz, yurtimiz 2023 yilning mart oyida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Unda Osiyoning eng kuchli jamoalari qit’a birinchiligi va Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.  

O‘z o‘rnida, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ham mezbon sifatida mazkur musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoamiz rejaga muvofiq musobaqaga qadar bir nechta yig‘inlar o‘tkazishi, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10-18-centyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-20 Osiyo kubogiga saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Vakillarimiz Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanma va Maldiv yoshlar terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lib, jamoamizning bu bosqichdagi ishtiroki norasmiy hisoblanadi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 7-11-sentyabr kunlari xalqaro turnir doirasida Urugvay, Argentina va Braziliya yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, jamoa 24-27-sentyabr kunlari Toshkentda Jahon chempionati ishtirokchisi — Slovakiya yoshlar terma jamoasiga o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashadi.

Shu sababli Saudiya Arabistonidagi U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichida O‘zbekiston U-19 terma jamoasining ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Bu orqali Farhod Nishonov shogirdlarining xalqaro tajribalarini yanada orttirish va ularni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlab borish maqsad qilingan.

Dammam shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘indan avval O‘zbekiston U-19 terma jamoasi BAA U-19 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Uchrashuv 6-sentyabr kuni Dubayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:51, 31.08.2022.
O'qildi: 2353 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик