Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ro‘ziqul Berdiyevning akkreditasiyasi vaqtincha bekor qilinadi

Ro‘ziqul Berdiyevning akkreditasiyasi vaqtincha bekor qilinadi

Baho:
+ | -

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” uchrashuvi yakuniga yetgach mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hakamlar joy olgan maydon markaziga qarab bordi va ularga nisbatan nomaqbul harakatlarni amalga oshirdi.

Uchrashuv yakuniga yetgach mazkur masala yuzasidan bosh hakam Ahrol Risqullayev hamda O‘zPFL komissari bildirgi taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, uchrashuv yakuniga yetishi bilan “Nasaf” futbol klubining qator futbolchilari hamda bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev hakamlar brigadasini o‘rab olgan. Bu vaqtda bosh murabbiy bosh hakam libosini qo‘pol tarzda tortgan hamda uning qorin qismiga zarba bergan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Ro‘ziqul Berdiyevga taqdim etilgan akkreditasiyani tegishli qo‘mitalar mazkur vaziyatni o‘rganib chiqquniga qadar qaytib oladi. Bosh murabbiy O‘zbekiston kubogining ¼ finalidan joy olgan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi.

Chempionatning 18-turini o‘tkazish uchun “Nasaf” 10 sentyabr kuni Olmaliq shahriga tashrif buyuradi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL tegishli qo‘mitalar ishtirokidagi yig‘ilishni 9 sentyabr kuni o‘tkazish taklifini O‘FAga kiritdi. Bunda qaror bir tomonlama ko‘rib chiqilmasligini ta’minlash maqsadida qo‘mitalar yig‘ilishiga Ro‘ziqul Berdiyev va Ahrol Risqullayevning o‘zi ham taklif etilishi ko‘zda tutilgan.

Bayram sababli dam olish kunlarining avvaldan belgilab qo‘yilgani, shuningdek, “Nasaf” ustozining Toshkentga kelishida muammo yuzaga kelmasligini ta’minlash maqsadida 8 sentyabr sanasi tanlab olindi. Berdiyevning akkreditasiyasini qaytarish masalasi qo‘mitalar qaroridan keyin hal etiladi.

Ma’lumot uchun, hakamlar qaroriga shikoyat berish tartibi Reglamentning 14-bobida batafsil tushuntirib o‘tilgan. Garchi “Nasaf” jamoasi hakamlar brigadasiga etika normalariga zid ravishda e’tiroz bildirgan bo‘lsa-da, klub 14-bob bo‘yicha rasmiy e’tiroz bilan chiqmagan.

Kiritildi: 14:21, 31.08.2022.
O'qildi: 3528 marta.
Fikrlar: 59 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.