Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Transfer oynasining so‘nggi kuni: kelajagi 10 soat ichida hal qilinishi mumkin bo‘lgan 5 yulduz

Transfer oynasining so‘nggi kuni: kelajagi 10 soat ichida hal qilinishi mumkin bo‘lgan 5 yulduz

Baho:
+ | -

Bu yozda ko‘plab yuqori darajadagi transfer kelishuvlari bo‘ldi, so‘nggi bir necha oy ichida Yevropaning top-klublari o‘z pozisiyalarini mustahkamladilar. Biroq, yozgi transfer oynasining so‘nggi 24 soatida kelajaglari hal bo‘lmagan bir nechta yulduz futbolchilar bor.

№5 Memfis Depay (Barselona)

Memfis Depay kelajagi transfer oynasida hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan "Barselona" futbolchilaridan biridir. Niderlandiyalik futbolchi Pyer-Emerik Obameyang va Robert Levandovski kelganidan keyin "Barsa" murabbiyiga kerak bo‘lmay qoldi.

Depay "Yuventus"ga o‘tishga yaqin qoldi, ammo keyingi bosqichlarda bu transfer muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Adriyen Rabyoning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan transfer muvaffaqiyatsizlikka uchragach, "byankonerilar" kelishuvdan voz kechgan.

Din Jons (GivemeSport) ma’lumotlariga ko‘ra, Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishga tayyor. Agar Krishtianu Ronaldu transfer oynasi tugamasdan jamoani tark etsa, "qizil iblislar" niderlandiyalik futbolchiga taklif bilan chiqishi mumkin.

№4 Xakim Ziyesh (“Chelsi”)

Xakim Ziyesh sobiq jamoasi “Ayaks”ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist-insayder Janluka Di Marsio o‘z saytida bergan xabar orqali ma’lum qildi.

Ziyesh “Chelsi”da asosiy tarkib uchun kurashdi, ammo londonliklarning umidlarini oqlay olmadi. Endi u muntazam o‘yin vaqtini olishni xohlaydi va Antoni "Manchester Yunayted"ga qo‘shilishi bilan "Ayaks" o‘z safini yangi futbolchi bilan kuchaytirish niyatida.

Marokashlik futbolchi "ko‘klar" safida 44 o‘yinda atigi 8 gol va 6 golga assistentlik qilgan. Ziyesh "Ayaks"da ishlagan vaqtida jahon darajasidagi pleymeyker hisoblangan va amsterdamlik muxlislar uning klubga qaytishiga umid qilishmoqda.

№3 Pyer-Emerik Obameyang (Barselona)

Obameyang norozi bo‘lib qolganga o‘xshaydi. Gabonlik futbolchi "Chelsi"ga o‘tishga umid qilmoqda. Gabonlik "Barselona"ga 2022 yilning yanvarida transfer oynasida qo‘shilgan edi. U klubda kataloniyaliklar uchun juda hurmatli ish qildi, Obameyang 2021/22 mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo "Arsenal"ning sobiq hujumchisi "Bavariya"dan Levandovski kelganidan keyin tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

"Chelsi" uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ular haligacha "Barselona" bilan shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erisha olishmagan. Tomonlar kelishuvga erishish uchun chorshanba kuni yana uchrashadilar.

№2 Frenki de Yong (Barselona)

Butun yoz davomida Frenki de Yong Kataloniya klubini tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Kataloniyaliklar niderlandiyalik futbolchidan qutulmoqchi ekani keng muhokama qilingan, ammo u “Kamp Nou”da qolishni rejalashtirayotgan ko‘rinadi. "Manchester Yunayted" "Barselona" bilan yarim himoyachini 85 million yevroga transfer qilishga kelishib oldi, biroq futbolchi ketishdan bosh tortdi.

Jurnalist Rudi Galetti (The Express) xabariga ko‘ra, "Yunayted" vakillari va De Yongning agenti Ali Dursun o‘rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda. Keyingi bir necha soatlar De Yongning kelajagi uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Frenkining "Old Trafford"ga o‘tishni istamaganiga asosiy sabab sifatida "Yunayted"ning Chempionlar ligasida ishtirok eta olmagani ko‘rsatilgan. Frenki uchun ustuvor vazifa Kataloniyada qolish.

№1 Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted)

Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynash istagida "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. Bu yozda portugaliyalik "ikona" Yevropaning bir qancha top-klublariga taklif qilindi, ammo bu hech qanday natija bermadi. Ba’zi klublar, masalan, "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" bu g‘oyani ochiqchasiga rad etishdi.

Correira Della Sport xabariga ko‘ra, Ronaldu "Chelsi" uni transferlarning so‘nggi kunida sotib olishiga umid qilmoqda. “Ko‘klar” “Barselona”dan Obameyangni qo‘lga kirita olmasalar, 37 yoshli futbolchiga murojaat qilishlari mumkin degan fikr bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:03, 31.08.2022.
O'qildi: 17853 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.