"Sautgempton" "Arsenal" yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylsni sotib olishga yaqin turibdi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi avvaliga "kanonirlar" bilan shartnomani uzaytiradi, so‘ngra sotib olish opsiyasi bilan "avliyolar" safiga ijaraga o‘tadi.
Meytlend-Nayls uzoq vaqtdan beri "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning rejalarida yo‘qligini ma’lum qilgan. Angliyalik futbolchi o‘yin vaqti bo‘yicha klubdan kafolat olish uchun "Sautgempton" rahbariyati bilan muzokara olib borishi kerak.













