Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

O‘zbekiston kubogi. “Navbahor” - “Paxtakor”. Prevyu

O‘zbekiston kubogi. “Navbahor” - “Paxtakor”. Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.

Mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogi tarixidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 yili final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda aynan bo‘lajak raqib “Paxtakor”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

“Paxtakor” esa O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. “Sherlar” 13 marta (!) billur sovrin sohibiga aylanishgan. Poytaxtliklar 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019 hamda 2020 yillarda O‘zbekiston kubogini boshlari uzra ko‘tarishgan.

Shuningdek, “Paxtakor” 1996, 2008, 2018 va 2021 yillarda O‘zbekiston kubogining finalida ishtirok etib, raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda o‘zaro 10 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 1 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 bellashuvda durang qayd etilgan va 6 ta bahsda “Paxtakor” zafar quchgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham toshkentliklar tarafida – 24 – 11.

Mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:

1993 yil. Final

“Navbahor” – “Paxtakor” – 0:3

1998 yil. Yarim final

“Paxtakor” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Paxtakor” – 2:0

2005 yil. Yarim final

“Navbahor” – “Paxtakor” – 4:4

“Paxtakor” – “Navbahor” – 3:1

2008 yil. 1/8 final

“Navbahor” – “Paxtakor” – 1:2

“Paxtakor” – “Navbahor” – 5:0

2009 yil. 1/8 final

“Navbahor” – “Paxtakor” – 0:3

2012 yil. 1/8 final

“Navbahor” – “Paxtakor” – 1:2

“Paxtakor” – “Navbahor” – 1:1

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi 2 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 20:00 da start oladi.

Kiritildi: 20:04, 01.09.2022.
O'qildi: 3095 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.