Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Nottingem Forest" "Chelsi" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

"Nottingem Forest" "Chelsi" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Italiyalik jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Chelsi"ning belgiyalik hujumchisi Mishi Batshuayi "Nottingem Forest"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Forvardning "ko‘klar" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Belgiyalik futbolchini Transfermarkt portali 10 mln yevroga baholagan.

28 yoshli Batshuayi 2016 yilning yozida 39 million yevro evaziga "Marsel"dan "Chelsi"ga o‘tgandi. U "aristokratlar" safida jami 77ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan. "Chelsi"ga o‘tgandan so‘ng, Batshuayi bir necha bor ijaraga berildi: Dortmundning "Borussiya", "Valensiya", Londonning "Kristal Pelas" jamoalarida ijara asosida o‘ynagan. Mishining so‘nggi jamoasi Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi bo‘lib, u yerda 42 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mishi 2015 yildan beri Belgiya terma jamoasida o‘ynab kelmoqda, terma jamoa bilan birgalikda 2018 yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.

Kiritildi: 23:35, 01.09.2022.
O'qildi: 1352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик