Xoland Premyer-ligada ketma-ket ikkinchi marta xet-trik qayd etdi. Unga moslashish uchun qancha vaqt ketdi deb o‘ylaysiz?
“Man Siti” ligaga endigina qaytgan “Nottingem”ni shunchaki bosib o‘tib ketdi - 6:0.
Gvardiola shogirdlari raqibga birorta ham imkoniyat qoldirmadi va yangi kelgan jamoani tor-mor keltirdi. Yana. Biz Erling Xolandning o‘yinini alohida ta’kidlaymiz. U bundan oldingi turda "Kristal Pelas"ga xet-trik qayd etganidan so‘ng pauza qilmaslikka qaror qildi va yana uchta gol urdi.
Xo‘sh, uni qanday to‘xtatish mumkin?
12-daqiqa – norvegiyalik futbolchi Fil Fodenning uzatmasini Xenderson darvozasi to‘sini ostiga joylab qo‘ydi. Erling uchun hech qanday murakkab narsa tuyulmadi.
23-daqiqa - Xenderson noaniq pas berdi. Bernardu Silva to‘pni jarima maydonchasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda ushlab oldi va Fodenga berdi, u jarima maydonchasi markaziga yorib kirdi va posbonni o‘ziga tortdi. Fil Xolandga to‘pni uzatdi va u hech qanday qarshiliksiz bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi.
39-daqiqa - Foden yana assistentlikni amalga oshirdi va yana oson gol - va 40 daqiqa ichida xuddi shunday oson xet-trik. Shundan so‘ng, "Siti" yana uchta gol urdi - lekin bahsning asosiy xarakteri birinchi bo‘limda yaqqol namoyon bo‘ldi.
• Norvegiyalik hisobida Premyer-ligadagi beshta o‘yinda 9ta gol mavjud. U ligada uzoq yillar o‘ynagan Serxio Aguero va Maykl Kuinning rekordini yangiladi - ular dastlabki 5 turda atigi 8 ta gol urishgandi.
• Xoland Premyer-liganing ketma-ket ikkita o‘yinida ikkinchi xet-trigini qayd etdi. Undan oldin bor-yo‘g‘i 6 nafar futbolchi bu muvaffaqiyatga erishgandi: Les Ferdinand va Tyerri Anri, Ian Rayt va Didye Drogba hamda UYEyn Runi. Ammo faqat Xarri Keyn bu ishni ikki marta bajardi. Erling hali inglizning yutug‘ini takrorlashga ulguradi.
• 2022 yilda Premyer-ligada faqat Erling va Krishtianu Ronaldu ikkita xet-trik qayd etishgan. Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum "Norvich" va "Tottenxem" portugaliyalikdan jabr ko‘rdi.
O‘yindan so‘ng Xoland ushbu muvaffaqiyatidan juda xursand bo‘ldi: “Ajoyib, boshqa aytadigan gapim yo‘q. Bu ikkinchi bo‘limda "Pelas"ga qarshi qilgan ishimizni davom ettirish haqida edi. Bu yaxshi. Hozircha yaxshi, men shikoyat qilmayman. Oldinda juda ko‘p o‘yinlar bor, shuning uchun oldinga intilishda davom etish muhim”.
"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi", - deydi Gvardiola o‘yindan keyin. Bilaman, Xoland gol urishni yaxshi ko‘radi, lekin u g‘alaba qozonishni xohlaydi. Agar u rekordlarni yangilasa va biz g‘alaba qozona olmasak, u xursand bo‘lmaydi. Erling maydonning barcha qismlarida kuchli. Uning hujumni yakunlashi va mehnatsevarligi juda chiroyli".
Umumiy kayfiyatni Maykl Ouen eng yaxshi tarzda yetkazdi: “Qayta aytaman: bu yigit urilgan gollar bo‘yicha deyarli barcha mavjud rekordlarni yangilaydi. U juda katta, juda tez, to‘rni aniq nishonga oladi va o‘nlab vaziyatlar yaratadigan jamoada o‘ynaydi.
U faqat shu formasida qolsa bas".