Keylor Navas ushbu transfer oynasida "PSJ"ni tark etmaydi.
35 yoshli darvozabon o‘zining Instagram sahifasida Parij jamoasida qolishini ma’lum qildi.
Yozda kosta-rikalik futbolchi "Napoli"ga o‘tishi mumkin edi. U "PSJ" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi, chunki Janluiji Donnarumma asosiy darvozabonga aylandi.
Navas bu mavsumda hali maydonga tushmagan. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.