Yarim himoyachi Andre Gomesh faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.
"Everton" 29 yoshli portugaliyalikni "Lill"ga ijaraga berdi. Shartnoma joriy mavsum oxirigacha hisoblangan.
Yarim himoyachini Mersisayd jamoasi 2019 yilda "Barselona"dan sotib olgandi. U bu mavsumda hali maydonga tushmadi.














