“Barselona” bosh murabbiyi APL klublari moliyaviy jihatdan boshqa liga jamoalaridan ustun ekanligini aytdi.
“Angliya Premyer-ligasi jamoalari katta byudjetga ega va shuning uchun ham yuqori xarid qobiliyatiga ega.
Biz ba’zi transferlar uchun iqtisodiy dastaklarni faollashtirishimiz kerak edi.
Ularda pul bor. Premyer-liga klublarining transfer bozoridagi ahvoli La Liga klublariga qaraganda ancha yaxshi”, - dedi Xavi.