Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Ukrainaning “Shaxtyor” klubining Germaniyaning “RB Leypsig” klubi ustidan qozonilgan shov-shuvli mehmon g‘alabasiga munosabat bildirdi. Ukrainaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
"Shaxtyor"ning ajoyib o‘yini va "RB Leypsig" darvozasiga kiritilgan to‘rtta gol", - deya xabar qoldirdi Lineker ijtimoiy tarmoqlarda.













