Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Roberto Losada: «So‘g‘diyona» ikkinchi bo‘limda bosimni kamaytirganiga xotirjamlikka berildik»

Roberto Losada: «So‘g‘diyona» ikkinchi bo‘limda bosimni kamaytirganiga xotirjamlikka berildik»

Baho:
+ | -

Gonkongning "Istern" klubi bosh murabbiyi Roberto Losada OFK kubogi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.

"Kutganimizdek qiyin o‘yin bo‘ldi. Maqsadimiz — 90 daqiqa davomida himoyada mustahkam o‘ynab, qarshi hujumlardan foydalanish edi. Bundan boshqa ilojimiz ham yo‘q edi. Chunki zaxiramiz faqat yosh futbolchilardan iborat. Ammo o‘yin so‘ngida maqsadimiz amalga oshmay qoldi.

Ikkinchi bo‘limda "So‘g‘diyona" bosimni kamaytirdi. Shunda men qiyin vaziyatdan chiqdik, deb o‘ylay boshladim. Ammo o‘yin so‘ngida gol o‘tkazib yubordik.

Men o‘z futbolchilarim bilan, ayniqsa, himoyachilar bilan faxrlanaman. Ular "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda juda yaxshi harakat qilishdi. Bugungi o‘yinda ularga e’tirozim yo‘q.

"Istern" bu bosqichga yetib kelguncha ko‘p mehnat qildi. Guruhdan chiqishimizni hech kim kutmagandi. "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda fantastik o‘yin namoyish etdik va ular bilan bir saviyada o‘ynay olishimiz mumkinligini isbotladik.

O‘yinchilar uchun bu juda yaxshi tajriba bo‘ldi. Ularda yuqori salohiyatni ko‘ryapman. Bu borada futbolchilar bilan ishlashda davom etaman", — dedi murabbiy.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:44, 07.09.2022.
O'qildi: 3427 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик