Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Viktor Kumikov: "Superligiga chiqsak, tabiiyki boshqacha o‘yin qilamiz"

Viktor Kumikov: "Superligiga chiqsak, tabiiyki boshqacha o‘yin qilamiz"

Baho:
+ | -

“Mash’al” – “Andijon” (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov qatnashdi.

— Viktor Balyutovich, “Mash’al”ga qarshi o‘yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Taqdim etilgan og‘ir o‘yinni o‘tkazdik. Sababi 3 kun oldin O‘zbekiston Kubogida AGMK bilan qiyin uchrashuvni o‘tkazib yo‘lga chiqqandik. Asosiysi, yutishimiz kerak edi. Yaxshi o‘ynayapmiz va oxirigacha harakat qilyapmiz. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida toliqish sezildi. Hatto, o‘yinchi almashtirishlar ham yordam bermadi. Mayli, Xudoga shukrki, g‘alabani qo‘lga kiritdik.

— O‘yinning soat 17:00 ga belgilanganiga munosabatingiz qanday? Bu qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirdimi?
— Juda issiq bo‘ldi. Go‘yoki, iyun oyidagidek. Sentyabrda havo bir muncha yaxshiroq bo‘ladi, deb o‘ylagandik. Bunday haroratda o‘z maydonimizda 5 ta og‘ir o‘yinlarni o‘tkazdik. Keyingi tur 10 sentyabrda bo‘ladi va o‘yin 19:00 ga belgilanibdi. Yaxshi, biz birinchi marta mana shunday vaqtda o‘ynaymiz ekan.

— O‘yin mobaynida futbolchilaringiz maydonda vaqt cho‘zishgandek bo‘ldi. Bunga fikringiz qanday?
— Men sizlarga tushuntirdm, 3 kun oldin og‘ir o‘yinni o‘tkazdik va yana darhol yo‘lga chiqdik. Qarshiga yarim kechasi yetib keldik. Bunday holatda tiklanish qiyin. O‘yin oxiriga qadar hisobni ushlab qolishga majbur bo‘ldik. Albatta, futbolchilarga bunday o‘ynash haqida aytmagandim. Ular jismoniy holatidan kelib chiqib harakat qilishdi.

— Siz oldin “Mash’al”ni boshqargansiz. Sobiq shogirdingiz Dilyaver Vaniyev qo‘l ostingizda o‘ynagan va u endi “Mash’al”ni boshqaryapti. Umuman olganda, “Mash’al”ni eslab turasizmi?
— Ha, o‘yindan oldin tashqarida o‘tirib esladik. U paytlari futbolchilar juda kuchli bo‘lishgan. Aqlli va tajribali edilar. Aytilgan vazifalarni to‘g‘ri bajarishgan. “Mash’al”da eng zo‘r paytlarni o‘tkazganmiz. Bahrom Bayjanovich Davlatov direktor vazifasida ishlagan. Barchasi joyida bo‘lgan. Tashkiliy masalalarda ham hech qanday muammolar bo‘lmagan. Faqat maydonga chiqib o‘ynash kerak bo‘lgan.

— Bogdan Milichga ko‘p e’tirozlar bildirdingiz. U ishonchni oqladimi?
— Hech qanday e’tirozim bo‘lmadi. O‘yin davomida ko‘p yugurdi, charchadi. Natijada to‘p yo‘qotishni boshladi. Shundan so‘ng uni almashtirdim.

— Shahboz Erkinov almashtirilayotganida sariq kartochka oldi. Bu asosli edimi? Fikringiz qanday?
— Bu holatni men ham tushunmadim. U zaxira hakamining almashtirishini kutdi. To‘rtinchi hakam ko‘rsatishi kerak edi. Axir Shahboz Erkinov kimni almashtirilayotganini bilmaydi-ku.

— Viktor Kumikov kuchlimi yoki “Andijon”mi?
— Biz ishonch bilan birinchi o‘rinni egallab turibmiz. Yanada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Biz o‘yinlarimizni gohida zo‘r, gohida yomonroq o‘tkazyapmiz. Barcha o‘yinlarimiz bir xil emas. Shunday bo‘lsa-da, birinchi o‘rindamizmi, demak jamoa kuchli, albatta, pro liga uchun. Superligaga chiqsak, tabiiyki boshqacha o‘yin qilamiz. Tezkor jamoa tuzamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:24, 07.09.2022.
O'qildi: 1345 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик