Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Superliga. “Qo‘qon-1912” - AGMK. Prevyu

Superliga. “Qo‘qon-1912” - AGMK. Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 18-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK bahsi 9 sentyabr kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 17 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘rttasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. O‘nta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. Uchta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

To‘plar nisbati 31-20 AGMK foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda "Qo‘qon-1912" 15 ochkoni qo‘lga kiritgan. AGMK hisobida esa 33 ochko mavjud.

Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi oltita uchrashuv:

20.11.2021 QO‘QON-1912 – AGMK – 2:2
26.10.2020 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:0
23.11.2019 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:3
03.10. 2018 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:2
18. 07. 2018 Qo‘qon-1912 – AGMK - 3:0
25.11.2017 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:2

AGMKga qarshi o‘yinni Raximbek Karimov boshqarib boradi

Superliganing 18 turida ishlaydigan rasmiylar ma’lum bo‘ldi. Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tadigan AGMK- "Qo‘qon-1912" uchrashuvini Raximbek Karimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadigan bo‘ldi. Raximbek Karimov bu mavsumda qo‘qonliklar ishtirokidagi 2ta bahsni boshqarib borgan. Safarda o‘tgan ikki bahsning birida "Qo‘qon-1912" mag‘lub bo‘lgan va birida durang natija qayd etilgan. Karimov boshqarib borgan "Navbahor"ga qarshi Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Toshkentda "Bunyodkor" bilan o‘yinda 1-1 hisobidagi durang natijani qayd etilgan.

AGMK bilan bo‘ladigan o‘yinda VAR tizimidan ham foydalaniladi. VAR hakami sifatida esa Akobir Shukrullayev faoliyat olib boradi.

9 sentyabr, juma
QO‘QON-1912 – AGMK

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 18:30
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov, Husan Muzaffarov
VAR hakami: Akobir Shukurullayev
VAR assistenti: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Sherzod Rajabov

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:12, 08.09.2022.
O'qildi: 1029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.