Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Prevyu. “So‘g‘diyona” - “Navbahor”

Prevyu. “So‘g‘diyona” - “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “So‘g‘diyona” (Jizzax) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 53 marta uchrashishgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 21 ta bahsda zafar quchgan, 7 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 89-62, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 82 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 70 ochko mavjud. 

“So‘g‘diyona” – “Navbahor” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.

Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.

E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Jizzaxda shu paytgacha bo‘lib o‘tgan 26 bahsning 19 tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 3 ta uchrashuvda durangga imzo chekishgan hamda 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchrashgan.

Ushbu jamoalarning 1-davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida jizzaxliklar Shohruz Norxonov va Doniyor Abdumannopovning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. O‘sha o‘yinda “Navbahor”ning yagona goliga serbiyalik hujumchi Zoran Marushich mualliflik qilgandi.        

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – “Navbahor” o‘yini 10 sentyabr kuni Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 20:00 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:55, 08.09.2022.
O'qildi: 1453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.