Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Davron Fayziyev: “Yigitlarim bugun har qanday jamoaga qarshi o‘ynash mumkinligini ko‘rsatishdi”

Davron Fayziyev: “Yigitlarim bugun har qanday jamoaga qarshi o‘ynash mumkinligini ko‘rsatishdi”

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK (0:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev ishtirok etdi.

– Nima deyishim mumkin? Hozir biror fikr bildirishim qiyin, chunki asabiy holatdaman. O‘yin shiddatli, juda qiziqarli bo‘ldi. O‘yinni gollar bezab bermadi. Tan olish kerak, uchrashuvning oxirgi 10 daqiqasida AGMK jamoasi zaxira o‘yinchilarining hisobiga tempni ushlab turishdi. Bizda zaxira o‘rindig‘imiz torligi uchun qiyinchilikka duch keldik. Hozirgi kunda har bir ochko bizga oltinga teng bo‘lyapti. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanish kerak. Murabbiy sifatida bor tajribamni ishga solib futbolchilarga ko‘rsatma beryapman. Maydonda nimadir yetishmayapti. Bu bizning qatorasiga yettinchi duranggimiz bo‘ldi. 7 ta durang o‘ynagandan ko‘ra 4 ta g‘alaba qozonib, 3 ta yutqazish yoki buni aksi bo‘lsa ham mayli edi, shunda ochkolarimiz ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Bu – futbol, unda har xil holatlarga tayyor turish kerak. Bugun Yosovich bilan Toshmirzayev sariq kartochkalari 4 ta yetgani uchun o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Tarkib tuzishda yoki zaxiradan futbolchilarni chiqarishga qiynaldik. Bugun yigitlar har bir jamoa bilan futbol o‘ynash mumkinligini yana isbotlashdi. Muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatyapmiz. Balki yomon o‘ynab turib natijaga erishish kerakmikin, bilmay qoldim. Bugun golli imkoniyatlarimiz AGMKga nisbatan ko‘proq bo‘ldi. Gol bo‘lmaganligi uchun bugungi o‘yinda durang adolatli natija bo‘ldi deb hisoblayman.

Yosovich, Merzyakov, Hojimirzayev va Toshmirzayevlar safga qaytsa, jamoa hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishi mumkinmi?

– Merzlyakov mashg‘ulotlarga qo‘shilganiga endi o‘n kun bo‘ldi, u o‘zini hali to‘liq tayyor emasman deb hisobladi, shuning uchun asosiy tarkibga kiritilmadi. Bilol bilan Yosovich keyingi uchrashuvda maydonga tushishadi. Normatov bilan Xojimirzayev jarohatda. Ular yaqin ikki turda bizga yordam bera olmaydilar. Murod Komilov esa yoshlar terma jamoasidan bugun qaytib keldi. Yoshlar mana shunday o‘yinlar orqali o‘sishga erishadi. Yoshlar bu berilgan imkoniyatdan  foydalanishlari kerak.

– Jamoa xavfli “zona”ga tushib qoldi. Ochko olish kerak bo‘lgan o‘yinda Andrey Sidorovni sal ertaroq maydonga tushirsangiz  bo‘lmasmidi?

– AGMKga qarshi himoyachini o‘yindan olib tavakkalchilikka qo‘l urish og‘ir bo‘lardi. AGMK 4-3-3 taktikasida o‘ynayotgandi. Shuning uchun tavakkal qilib bo‘lmasdi. Birinchi o‘rinda o‘z darvozamizni quruq saqlab qoldik. Xavfli “zona”ga kelsak, to‘g‘ri jamoamiz shu yerda turibdi. Oldimizda o‘yinlarimiz bor. Umid qilamanki, barchamiz birgalikda bu vaziyatdan chiqib ketamiz. Har turda klublar o‘rinlari almashib turibdi. Kimdir ochko yo‘qotyapti, kimdir to‘playapti. Baribir chempionat o‘ziga yarasha qiziq o‘tyapti. “Bo‘ridan qo‘rqqan o‘rmonga bormaydi” degan gap bor. Bizda eng asosiysi, ahil oilamiz bor.

– Azizxon Erkinov bugun Superligada debyut qildi. U ko‘rsatgan o‘yin haqida fikringiz?

– Javohir Sidiqov endi jarohatidan qutulib chiqdi. O‘zini biroz noqulay his qilayotgani uchun tavakkalchilikka qo‘l urdim. Aziz yomon bola emas. Mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilyapti. Baribir birinchi o‘yinida hayajon va bosim bo‘ldi. Sardor Yetovqo‘ziyevda ham shunday bo‘ldi. U ham anchadan buyon endi maydonga tushdi. Bizda iqtidorli yoshlar bor. Bundan keyin ham yoshlarga e’tibor berishga harakat qilamiz. Umid qilamanki ular berilgan imkoniyatdan unumli foydalanadilar.

– Futbolchilaringiz ko‘p xolatlarda o‘yindan tashqari xolatlarda qolib ketishdi…

– Bu narsa avvalo gol urishga bo‘lgan katta ishtiyoq tufayli. Meni talabim hujumchilar oldingi chiziqda to‘p so‘rashlari kerak. Bunda futbolchi vaziyatni ham baholashi kerak bo‘ladi. O‘yindan tashqari xolatda emasmi, yoki to‘pni ololmay qolsa qarshi hujum xavfi yuzaga kelib qolmaydimi, mana shularga e’tibor qaratishi lozim. Lekin bugungi raqibimiz safida tajribali futbolchilar bor edi, bunaqa o‘yinlar oson bo‘lmaydi.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:03, 10.09.2022.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.