Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 22:00 Cremonese - Inter
02/02 00:45 Parma - Yuventus

Samvel Babayanga berilgan lisenziya vaqtincha qaytarib olinadi

Samvel Babayanga berilgan lisenziya vaqtincha qaytarib olinadi

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunida ko‘ngilsiz voqea kelib chiqqani bir qator sport nashrlari tomonidan ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumaniga kirish chog‘ida futbol muxlislaridan biri bilan tortishib qolgan.

Mazkur vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralashgan. Babayanning baland ovozda hunuk so‘zlar bilan baqirayotganini eshitgan ayrim jurnalistlar matbuot anjumanlari xonasidan ko‘chaga yugurib chiqqan. Bu vaqtda mutaxassis OAV xodimlari holatni tasvirga tushirmoqda degan fikrda, o‘z sheriklaridan Championat.asia nashri vakilining telefonini tortib olish hamda undagi videotasvirlarni o‘chirib tashlashni talab qilgan. Shundan keyin Babayanning sherigi hamda O‘zPFL tomonidan shu yilning 26 fevral sanasida ID 140 raqamli akkreditasiya olgan Farhod Umaraliyev jurnalistning qo‘lidan uning shaxsiy telefonini tortib olib, o‘zboshimchalik bilan undagi materiallarni o‘chirib tashlagan. Bu harakatlarni vaziyatga guvoh bo‘lgan boshqa nashrlar ham tasdiqladi.

O‘zPFL Reglamentlarida jamoa rasmiylari musobaqalar davomida o‘zlarini qanday tutishlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Jamoa ustozlari har qanday holatda ham o‘zlarini na’muna sifatida ko‘rsatishlari shart. Biz futbol va undagi hissiyotlarni hurmat qilgan holda murabbiylarning o‘yin vaqtidagi emosiyalarini tabiiy qabul qilamiz va faqatgina juda oshirib yuborilgan vaqtda murabbiy ishini tegishli qo‘mitaga oshiramiz. Biroq Samvel Babayan uchrashuv davomida uni tinimsiz haqorat qilgan futbol muxlisi bilan rasmiy tadbirgacha hisob-kitob qilishga urinishi to‘g‘ri ish emas. Qolaversa, O‘zPFL musobaqalarini yoritib boruvchi jurnalistlarning stadionlardagi faoliyatini “O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun yo‘riqnoma” orqali tartibga soladi, ularga shu asosda akkreditasiya taqdim etiladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL o‘z tadbirlarida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini har qanday holatda ham himoya qiladi. Babayan va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan ish shu tomondan qaralganda na etika normalariga, na Reglamentga va na qonunchilikka to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zPFL Samvel Babayanning mazkur ishini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiradi va unga qadar murabbiyning lisenziyasini qaytarib oladi. Shuningdek, qo‘mitada ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda jazo yengilroq bo‘lishi uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubi va shaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr so‘rashga chaqiradi. Bunga qadar ham matbuot anjumanida ko‘ngilsiz voqea keltirib chiqargan, biroq keyinchalik o‘z aybiga iqrorligidan kelib chiqib, qayta akkreditasiya berilgan Farhod Umaraliyevning akkreditasiyasi ham qaytarib olinadi va u O‘zPFL musobaqalari uchun ro‘yxatdan qayta o‘tkazilmaydi. Mazkur shaxs matbuot anjumanida ishtirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi.

Kiritildi: 16:40, 12.09.2022.
O'qildi: 5940 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.