Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Premyer-liganing 8-tur o‘yinlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi kutilmoqda

Premyer-liganing 8-tur o‘yinlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Premyer-liganing sakkizinchi turidan o‘rin olgan o‘yinlar katta ehtimol bilan taqvim bo‘yicha o‘tkaziladi.

Angliya chempionatining yettinchi tur o‘yinlari Yelizaveta II vafoti sababli qoldirildi. 19 sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan Buyuk Britaniya qirolichasining dafn marosimini tashkil etish uchun katta polisiya kuchlari talab qilinishi sababli 8-tur o‘yinlari boshqa sanalarga ko‘chirilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) futbol ligalaridagi keyingi barcha o‘yinlar belgilangan sanalarda o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi. Istisno dushanba kuniga rejalashtirilgan o‘yinlar bo‘ladi (bu kunda Premyer-liga o‘yinlari bo‘lmaydi). FAning ta’kidlashicha, o‘yinlar qanday o‘tkazilishi bo‘yicha yakuniy qaror mahalliy hokimiyat organlarida qoladi.

Tashkilot ligalar va klublarga Yelizaveta II xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashni, shuningdek, iloji boricha qora motam tasmalaridan foydalanishni tavsiya qildi.

Premyer-liganing 8-tur uchrashuvlari 16-18 sentyabr kunlariga belgilangan.

Kiritildi: 20:12, 12.09.2022.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик