Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Barselona»ning Yevropaga «qaytish» hodisasi ro‘y bermadi

«Barselona»ning Yevropaga «qaytish» hodisasi ro‘y bermadi

Baho:
+ | -

“Barselona”ga, umuman hech qaysi jamoaga Myunxenda ochko kafolatlanmagan, to‘g‘ri. Bu guruhdagi ikkinchi yo‘llanma “Inter” bilan o‘yinlarda hal bo‘lishi ham oldindan ma’lum edi. Ya’ni bu tomondan hech qanday kutilmagan voqea bo‘lmadi “Barselona” uchun, ha. Ammo...

Qariyb bir yildirki, Xavi o‘z jamoasini qurmoqda. Ikki transfer oynasi o‘tdi, bir qator futbolchilar jamoani tark etdi, Obameyang hatto kelib-ketishga ham ulgurdi. Kecha maydonga tushgan asosiy tarkibdan  5 nafari aynan Xavi davrida olib kelingan.

Yomon emas, “Barselona” Ispaniya top klublari sinovidan o‘tgan yiliyoq muvaffaqiyatli o‘tgan – “Real” va “Atletiko” darvozasiga 4 tadan gol urgan. Ancha o‘zgartirilgan bu yilgi jamoa ham mavsumni zo‘r boshladi – oxirgi 4 o‘yinda faqat yirik hisobda g‘alaba qozonilmoqda.

Xullas, Xavi “Barselona”sining bundan oldingi davrlardagi, sovrin yutib yuradigan kuchli “Barselona”ga aylanishi, ya’ni Yevropadagi kuch sifatida kambek qilishi uchun Yevropa miqyosdagi top-raqibga qarshi munosib o‘yin kerak edi. Ya’ni, yangi sinov.

Kechagi uchrashuvga mana shu rakursdan qaraganda, mag‘lubiyat ancha og‘riqli bo‘ldi, nazarimda. Aslida, ayniqsa, 1-taymda “Barselona” raqibdan kuchli ko‘rindi, yaratilgan vaziyatlar, to‘p nazorati, zarbalar, burchak zarbalari, umuman futbolda goldan tashqari jamoalar nisbatini aniqlash mumkin bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarda “Barselona” ustunlik qildi ham. Ammo yakuniy natija hammasiga soya soladi.

Mana shu kartinadagi durang, aytaylik, Levandovski o‘z vaziyatlaridan foydalana olganda, biz bugun nihoyat, “Barselona” jiddiy kuch sifatida Yevropaga qaytganini yozayotgan bo‘lardik, aniq.

Endi, esa, biroz boshqacha – “Barselona” “Bavariya”ga qarshi yaxshi, munosib harakat qilgan, ammo gol ura olmagan o‘nlab jamoalardan biri bo‘lib qolgandek. Xuddi so‘nggi Bundesliga bahslaridek, o‘yinni yaxshi boshlay olmasdan, ammo keyinchalik klass hisobiga raqibini mag‘lub etgan “Bavariya”... “Barselona” esa, navbatdagi fon bo‘lib qoldi xolos.

Yaxshi o‘yin oqibatidagi qoniqarli natija Xavi jamoasi uchun ham ayni muddao, keyingi ishlar uchun tayanch nuqta vazifasini o‘tagan bo‘lardi, nazarimda. Kompyuter o‘yinlarida ma’lum nuqtaga kelganda “jonni saqlab qo‘yib”, o‘sha yerdan davom etaverasiz-ku, shu kabi... Endi o‘sha “jon” yana “Real” bilan o‘tgan yilgi klassikoga qaytib qolaveradi.

Yo‘q, “Barselona” kuchliligicha qoladi. Ertadan boshlab yana raqiblarini qatorasiga yirik hisobda yuta boshlashi, bir oydan so‘ng, El Klasikoda odatdagidek, “Real”ni yer tishlatishi mumkin. Inkor etmayman. Lekin aynan kechagi o‘yin oldidan kutilgani – butun Yevropaga “qaytish”ni namoyish qilish voqeasi sodir bo‘lmadi. Keyinga qoldi. Afsus.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:08, 14.09.2022.
O'qildi: 3569 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.