Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Grizmannning holatiga havas qilib bo‘lmaydi. O‘zi nima gap?

Grizmannning holatiga havas qilib bo‘lmaydi. O‘zi nima gap?

Baho:
+ | -

Antuan Grizmanning “Atletiko”dagi faoliyati 2014 yilning iyul oyida “Real Sosyedad” bilan 30 million yevro evaziga shartnoma imzolaganidan keyin boshlangan. Madrid klubi tarkibida birinchi mavsumdayoq hujumchi La Ligada 22 ta gol urdi.

Fransiyalik futbolchi "matraschilar"ga o‘tgandan keyin hamisha yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turardi. "Atletiko" futbolchisi sifatida u hech qachon Ispaniya chempionatida bir mavsumda 15 tadan kam gol urmagan. Ammo 2019 yilning yozida hujumchi "Barselona"ga o‘tishga qaror qildi. Bu transfer hammasini o‘zgartirdi.

Kataloniyaliklar Grizman uchun 120 million yevro to‘lashdi, lekin u bu pullar oqlay olmadi. Unga bir tomondan “ko‘k-anorranglilar”ning muxlislari, ikkinchi tomondan “matraschilar” muxlislari bosim o‘tkazishdi. Madridda fransiyalik futbolchi "Atletiko"ga sodiqligini tan olganidan keyin ketishi kutilmagan edi.

"Barselona"da hujumchi La Ligada 2 mavsumda 22 ta gol urdi - xuddi shu raqam Madridda bitta mavsumda qayd etilgan. Kataloniya klubida futbolchining ishlari yaxshi bo‘lmadi. Antuan Madridga qaytdi. "Atletiko" uni 2 yilga 10 million yevroga ijaraga oldi. Va shu yerda chalkashliklar boshlanadi.

Grizman o‘tgan mavsumda har bir o‘yinda o‘rtacha 65 daqiqa harakat qilgan, ammo La Ligada atigi 3 ta gol urgan. Joriy mavsumda hujumchi faqat 60-daqiqadan keyin zaxiradan maydonga tushyapti, ammo La Ligada 2 ta va Chempionlar ligasida 1 ta gol urgan.

Diyego Simeonening baxtiga Alvaro Morata "Yuventus"dan qaytganidan so‘ng gol urishni boshladi (La Liganing 5 ta o‘yinida 3 ta gol), Joau Feliks esa golli uzatmani amalga oshirdi (La Liganing 5 o‘yinida 3 ta golli uzatma). Antuan har bir uchrashuvda o‘rtacha 27 daqiqani maydonda o‘tkazmoqda. Albatta, hujumchi ko‘proq narsaga loyiq, ammo “matraschilar” unga buni bera olmaydi. Yoki xohlamaydilar.

Grizmanning ijara shartnomasida aytilishicha, agar u asosiy tarkibda o‘yinlarning yarmidan ko‘pini o‘tkazsa, "Atletiko" futbolchini 40 million yevroga sotib olishi kerak. "Matraschilar" bu shart 2 mavsumga tegishli deb hisoblashadi. Shu munosabat bilan Simeone joriy mavsumda hujumchini faqat zaxira o‘rindig‘idan o‘yinga qo‘shyapti. Shu bilan birga, "Barselona" "Atletiko" fransiyalik futbolchini sotib olishi kerakligiga ishonmoqda, chunki o‘tgan mavsumda u buning uchun kerakli normani o‘ynadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, kataloniyaliklar Grizman tufayli "matraschilar"ni sudga bermoqchi, ammo hozircha ular tomonidan aniq chora ko‘rilmagan. "Atletiko"da futbolchi bilan bog‘liq vaziyat imkon qadar qisqacha izohlandi. Klub prezidenti Enrike Sereso jamoani shakllantirishda murabbiylik ishlariga aralashmasligini aytdi.

“Matraschilar” ustozidan fransuz nima uchun kam o‘ynaydi, degan savolga u “klub odami buni aytgani uchun” deb javob bergan. Shu tariqa, Simeone hujumchi uning uchun 40 million to‘lamaslik uchun zaxira o‘rindig‘ida o‘tiribdi, degan taxminni tasdiqladi.

Hozircha sud bilan bog‘liq vaziyat ko‘proq "Atletiko"ga bosim o‘tkazishga urinishdek ko‘rinyapti. Hattoki La Liga prezidenti Xavyer Tebas klublar bu vaziyatni arbitrajda hal qilishlari kerakligini aytdi. Lekin barchasi Grizmanni majburiy sotib olish uchun qancha o‘ynashi kerakligiga bog‘liq.

Agar bu kelishuv haqiqatan ham har ikki mavsumni qamrab olgan bo‘lsa, unda "Atletiko" hech qanday kelishuvni buzmaydi. Simeone o‘yinchini o‘ziga kerakli deb bilsa maydonga tushirishga yuborishga haqli. Sport tili bilan aytganda, bu vaziyatda “matraschilar” g‘alaba qozonmaydi, ammo ular uchun pul muhimroqdek.

Ispaniyada "Barselona" va "Atletiko" o‘rtasidagi bo‘lajak sud kurashlari mavzusi shov-shuvga sabab bo‘layotgan bir paytda, fransuz OAVlari ularning hamyurti hali ham Madrid klubida doimiy ravishda qolishi mumkinligini xabar qilishmoqda. L'Equipe xabariga ko‘ra, matraschilar Grizmanning to‘lovini 25 millionga kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Madridliklar fransiyalik futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi, ammo bonuslar miqdorini hisobga olgan holda 31 yoshli hujumchi uchun 50 million to‘lamoqchi emas. Manbaga ko‘ra, klublar kelishuvga yaqin. Balki terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus paytida nimadir hal bo‘lar.

Odatda transfer nozikliklari "Barselona" prezidenti Joan Laportaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ammo Sereso o‘z maydonida hamkasbidan ustun kelganga o‘xshaydi. Agar kataloniyaliklar bu vaziyatda mustahkam huquqiy pozisiyaga ega bo‘lmasa, “matraschilar” bilan muzokara olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Grizman "Atletiko"da qolsa hammaga yaxshi bo‘ladi. Antuan joriy mavsumda ko‘rsatayotgan jamoaga foyda keltira oladi. Balki u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga ham aylanar. Hozirda bu nom “matraschilar”da 154 ta gol urgan Luis Aragonesga tegishli. Fransuzning gollaridan atiga 10ta ko‘p.

Kiritildi: 11:18, 15.09.2022.
O'qildi: 3272 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.