Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"MYU" "katta futbol"ga qaytishi uchun yana kamida 3 ta yangi futbolchi kerak!

"MYU" "katta futbol"ga qaytishi uchun yana kamida 3 ta yangi futbolchi kerak!

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan ko‘rinadi. Harxolda, so‘nggi xabarlar shunga ishora qilmoqda. Unga ko‘ra, kelayotgan yanvar oyida "MYU" transferlar uchun 70 million funt mablag‘ni sarflashi mumkin bo‘ladi. Ushbu qiymat hatto 100 milliongacha oshirilishi mumkin. Ammo bir shart bilan. Quyida shu haqida so‘z boradi.

"MYU"ning yangi tayinlangan murabbiyi yoz davomida 215 million funtni transferlar uchun sarflagan edi. Uning ikkita transferi o‘ta katta summa evaziga keltirildi –"Real"dan Kazemiro 70 million funtga sotib olindi; 85 million esa "Ayaks" hujumchisi Antonini olib kelish uchun sarflandi. Shuningdek, 50 million funtga himoyachi xarid qilindi: Lisandro Martines ham "MYU" a’zosiga aylandi. Ammo bu bilan Erik ten Xagning ko‘ngli tinchimaydigan ko‘rinadi. U yana ham takomillashgan jamoa tuzishni niyat qilgan. Bu uchun esa qishda ham ayrim kerakli xaridlarni amalga oshirish lozim. Shu maqsadda Qatardagi Jahon chempionati o‘tgach, ten Xag rahbariyatdan yana 70 million funt oladigan bo‘ldi. Bu qiymat hatto 100 milliongacha oshirilishi mumkin. Buning uchun esa Krishtianu Ronaldu jamoadan ketishi kerak. Aniqrog‘i, ketkizilishi shart! Agarda portugaliyalik yulduz "qizil iblislar" safini tark etsa, u holda haftasiga 450 ming funt tejab qolinadi. Qolaversa, Ronalduning o‘zi ham qolaman deb ko‘zi uchib turgani yo‘q. U ilojini topganida, allaqachon YECHLda ishtirok etadigan biror klubga o‘tib ketgan bo‘lardi. Ronaldu yoz bo‘yi ketish ishtiyoqida yondi. "MYU" 37 yoshli hujumchi uchun 20 million funt so‘ragandi. Ammo talabga mos keladigan xaridor topilmadi.

Erik ten Xag yoz davomida yana bir futbolchini jiddiy ta’qib qilgan. U "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong edi. Niderlandiya term jamoasi a’zosi qishda Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Barselona" ham uni sotishga majbur bo‘lishi, ehtimoldan holi emas. Negaki, klubda hali ham moliyaviy muammolar mavjud. Qayd etilishicha, ten Xag de Yong bilan kelajakdagi rejalari yuzasidan dastlabki muzokaralarni o‘tkazib olgan. Shu sababli, unga qishda ko‘proq pul kerak bo‘ladi.

Erik ten Xag "MYU"ni yana raqobatbardosh va sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirishni niyat qilgan. Bu uchun esa unga yana kamida uchta yuqori saviyaga ega futbolchi kerak bo‘ladi. Agarda uning xohishlari to‘liq bajarilsa, "MYU"ni yana shonli davrlaridagi kabi darajaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ana sho‘nda, "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi klublarga yana bir jiddiy raqib yuzaga keladi. Bundan faqat futbol muxlislari yutgan bo‘lar edi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:26, 15.09.2022.
O'qildi: 4675 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.