Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Mirjalol Qosimov: «Boake o‘z vaziyatidan foydalanganda, balki natija boshqacha bo‘lardi»

Mirjalol Qosimov: «Boake o‘z vaziyatidan foydalanganda, balki natija boshqacha bo‘lardi»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 19-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Paxtakor"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, afsus mag‘lub bo‘ldik. Biz uchun juda muhim o‘yin edi, shunga mos tayyorgarlik ko‘rgandik. G‘alaba qozonsak chempionlik uchun imkoniyatimiz saqlanib qolardi. Uchrashuvni yomon boshlaganimiz yo‘q, birinchi bo‘limda yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik.

Ikkinchi bo‘limda Boake o‘z vaziyatidan foydalanganda, balki natija boshqacha bo‘lardi. "Paxtakor" vaziyatlardan unumli foydalanadi. Bu kabi jamoalar xatolarni kechirmaydi, bugun shu fikr o‘z tasdig‘ini topdi. Mehmonlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Endi qisqa muddatli tatilga chiqamiz. Xulosa chiqarib ishlashda davom etamiz. Har qanday musobaqada faqat yuqori o‘rin va yuqori natija uchun kurashamiz. Endi faqat kubokka e’tibor qilib, chempionatda shunchaki qatnashmaymiz. Medallar uchun hali kurash davom etadi. Men doim barcha musobaqalarda yuqoriga qarab intilaman. Afsus, bugun boshqa natija kutgandik. Yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Bu futbol, gol urmasang juda qiyin», — dedi Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 07:54, 16.09.2022.
O'qildi: 1198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик