Chempionlar ligasining ikki karra g‘olibi Ouen Xargrivz “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Yevropa ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Sherif”ga qarshi o‘yinda (2:0) urgan goliga munosabat bildirdi.
"Ronaldu yana bir-ikki yuzta gol urmoqchi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima maydonchasida o‘ynasa, albatta u gollar uradi. Bugun u o‘zini o‘yinda his qilish uchun chuqurroq orqaga chekindi. Agar u oldinda qolsa, gollarni o‘z uni topadi", - dedi Xargrivz UYEFA matbuot xizmatiga.