Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Monako" ustozi: "Guruhdan chiqishimiz uchun oldimizda yana to‘rtta o‘yin bor"

"Monako" ustozi: "Guruhdan chiqishimiz uchun oldimizda yana to‘rtta o‘yin bor"

Baho:
+ | -

“Monako” bosh murabbiyi Filippe Kleman Yevropa ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida "Ferensvarosh" jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Bugun bizda vaziyatlardan foydalanish yetarli emas edi va Yevropa musobaqalarida bu juda muhim. Birinchi bo‘limda o‘yin sur’atimiz yetarlicha yuqori bo‘lmadi. Tanaffusdan so‘ng biz tezlikni oshirdik va golga aylanishi kerak bo‘lgan vaziyatlarni yaratdik, ammo "Ferensvaros" o‘tgan haftada "Trabzonspor" ustidan qozonilgan g‘alaba kabi juda kuchli jamoa ekanligini ko‘rsatdi. Raqib darvozasi oldidagi samaradorlik bilangina o‘yinlarda g‘alaba qozonish mumkin, usiz esa qiyin. Raqib jarima maydonchasida yetarlicha o‘yin ko‘rsata olmadik. Men allaqachon bu guruh juda qiyin ekanligini aytgandim. Bugun biz hech bo‘lmaganda durangga loyiq edik, ammo, afsuski, yakunda bunga erisha olmadik. Pley-offga chiqish uchun hali to‘rtta o‘yinimiz bor", - dedi Kleman klub matbuot xizmatiga.

Kiritildi: 13:56, 16.09.2022.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик