Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"MYU" uchun besh nomzod: Erik ten Xag yanvar oyi uchun kimlarni ko‘zlamoqda?

"MYU" uchun besh nomzod: Erik ten Xag yanvar oyi uchun kimlarni ko‘zlamoqda?

Baho:
+ | -

Garchand yoz davomida 200 million funtdan ortiq mablag‘ni transferlar uchun sarf qilib yuborgan bo‘lsada, ten Xag hali ham tarkibni yetarlicha kuchli deb hisoblamayapti. "MYU" mavsumni qo‘rqinchli boshladi. Ammo tez orada g‘alabali yo‘lga qaytib oldi. Erik ten Xag esa maydonning ayrim hududlarini yana ham yaxshilash kerak deb hisoblamoqda. Shu sababli yanvar oyida yana xaridlar qiladi. Quyida "MYU" uchun beshta ehtimoliy nomzodlarni taqdim etamiz.

1. Denzel Dyumfris

Yozda himoyachi xarid qilingandi. Ammo "MYU"ga bu yetarli emas. Shu sabab ten Xag yana bir qanot mudofaa vakilini taklif etmoqchi. Hozirda Tirell Malasiya chap qanotda harakat qilmoqda. Ten Xag esa o‘ng qanot kuchaytirilishi kerak deb hisoblaydi. Diyegu Dalot u yerni egallagani rost. Ammo unga ham uzoq mavsum davomida o‘rinbosar zarur. Shunda Uan-Bissakaga javob bersa bo‘ladi.

2. Tomas Myonye

Serjinyo Dest hamda Dyumfris bilan birga "MYU" yoz davomida "Borussiya Dortmund" himoyachisi Tomas Myonyeni ham kuzatuvga olgandi. O‘ng qanot himoyachisi hujum uchun muqobil variant sanaladi. U o‘tgan mavsum Bundesligada 2 ta gol va 4 ta assist ijro etishga erishgandi. Shu sabab ten Xag uni Dalotga yaxshi raqib bo‘ladi deb hisoblamoqda. "Borussiya Dortmund" esa o‘z futbolchisi uchun taxminan 12,5 million funt so‘raydi. Bu esa "MYU" uchun qulay narxdir.

3. Frenki de Yong

"Manchester Yunayted"ning yozdagi de Yong hikoyasi omadli yakun topmadi. Uni davom ettirish mumkin. Erik ten Xag sobiq shogirdini qishda jalb etmoqchi. 25 yoshli tayancha yarim himoyachisi "Ayaks"dan ten Xag qo‘l-ostida edi. "MYU" yozda de Yong masalasida "Barselona" bilan kelishuvga ham erishgandi. Biroq, futbolchining o‘zi bu ko‘chishni istamaydi. Kelishuv hajmi 63 million funt va 8,47 million bonusga teng bo‘lgan.

4. Ayvan Touni

Ronaldu yozda jamoadan ketishni istagandi. "MYU" esa uning o‘rniga Morata, Osimxen, Tomas, Arnautovich kabi hujumchilardan birini olib kelmoqchi bo‘lgan. Ammo Krishtianu jamoada qoldi. Hozircha, qoldi. Uning qishdagi transferlardan umidi katta. Agarda "MYU" uni sotishga erishsa, u holda, portugaliyalik yulduz o‘rnini "Brentford" hujumchisi Ayvan Touni bilan to‘ldirishi mumkin. Touni o‘tgan mavsumda debyutant jamoasi bilan 33 ta bahsda 13 ta gol urishga erishgan. Qolaversa, yaqinda u Angliya terma jamoasiga jalb etilgandi.

5. Mussa Dembele

Touni "Brentford" uchun muhim futbolchi ekani ma’lum. Shu sabab "arilar" o‘z futbolchisi evaziga kamida 40 million funt talab qiladi. Bu summani esa "MYU" qishda to‘lay olmasligi mumkin. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganimizda, "Lion" hujumchisi Dembele "qizil iblislar" uchun arzonroq muqobildir. Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda o‘z jamoasiga 21 ta goli bilan katta yordam bergan. Ayni damda Mussa Dembele Lyakazettning qaytishi sababli zaxiraga olingan. Ammo yangi mavsumda ham u 2 ta gol urishga ulgurdi.
Yuqoridagi futbolchilarning hech bo‘lmasa ikkitasi sotib olinsa, jamoa uchun foydadan holi bo‘lmaydi. Buyog‘i Erik ten Xag tanlovi hamda rahbariyatning saxiyligiga bog‘liq.

 

 

ISMATOV J.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 14:39, 16.09.2022.
O'qildi: 6038 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.