"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann himoyachi Nusser Mazrauining "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidagi o‘yini haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, marokashlik futbolchi jarohat tufayli o‘yinni davom ettira olmagan Benjamin Pavardning o‘rniga birinchi bo‘limda maydonga tushgandi.
"Mazraui "Barselona"ga qarshi ajoyib o‘ynadi. U hujumda yaxshi o‘ynadi, shuningdek, yaxshi himoyalandi. Nusser ajoyib ish qildi va o‘ziga ishonch qo‘shdi. Ertaga u "Augsburg" bilan o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Mazraui yana bir bor nimalarga qodirligini ko‘rsata oladi" - dedi Nagelsmann matbuot anjumanida.