"Olimpiakos" hujumchi Sedrik Bakambu bilan 3 yillik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
31 yoshli kongolik futbolchi erkin agent sifatida Gresiya klubiga kelib qo‘shildi. O‘tgan mavsumda u "Marsel" safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali uni 8 million yevroga baholamoqda. "Olimpiakos" mavsum oralig‘ida Marselo, Xames Rodriges va Shime Vrsalko bilan shartnoma imzoladi.