Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Qora qit’a"ning eski yulduzlari esingizdami?

"Qora qit’a"ning eski yulduzlari esingizdami?

Baho:
+ | -

Futbol tarixidagi eng yaxshi afrikalik futbolchilar haqida yana bir marta eslab olamiz. Eng iqtidorli deb hisoangan "qora qit’a" yulduzlaridan so‘ng ularning o‘rnini bosayotgan bir qator kuchli futbolchilar ham yetishib chiqdi.

1. Frederik Kanute

Mali fuqarosi uchun birinchi professional futbol klubi "Olimpik Lion" edi. Bu 1997 yilda sodir bo‘lgan. Oradan 3 yil o‘tib, qobiliyatli hujumchiga "Vest Xem Yunayted" qiziqa boshladi. Keyinchalik, u gol urishda davom etib, "Tottenxem"ga o‘tdi, ammo u yerda yomon intizomi bilan ajralib turardi. Misol uchun, bir marta u rahbariyatning ruxsatisiz Afrika kubogi uchun o‘ynash maqsadida mamlakatni tark etadi, o‘shanda u klubini muhim safar yig‘inida tark etgan. Yakunda u "Selta"ga yo‘l oladi. Futbolchining eng yaxshi yillari Ispaniyada kechdi. Ushbu jamoa tarkibida Kanute ikki marta mamlakat kubogini va bir marta UEFA kubogini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, u Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan. “Sevilya” safida u 209ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 88ta gol urgan. U 2013 yilda Xitoy chempionatida butun faoliyatini yakunlagan.

2. Abedi Pele

Uning haqiqiy ismi va familiyasi Abedi Ayyu. Pele laqabini u mashhur braziliyalikning maydondagi harakatlari va yorqin o‘yini uchun oldi. 90-yillarning boshlarida o‘ynaganiga qaramay, Abedi hanuzgacha Afrikaning eng yaxshi futbolchilaridan biri sanaladi va FIFAning 100 talik eng kuchli futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan. U uzoq vaqt Gana terma jamoasi sardori bo‘lgan, ammo aytarli muvaffaqiyat qozona olmagan. Yevropa klublaridagi shon-shuhrati ham diqqatga sazovor. 1982 yilda u Shveysariyaning "Syurix" klubida o‘zini sinab ko‘rdi, ammo debyut muvaffaqiyatsiz tugadi va kelajakdagi ikkinchi Pele Ganaga qaytib keldi. Faqat 4 yildan so‘ng u "Nyor" bilan shartnoma imzolaydi, so‘ngra ketma-ket "Olimpik", "Lion" va Italiyaning "Torino" klublariga yo‘l oladi va u yerda yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topiladi. Uning faoliyatidagi cho‘qqisi 1993 yilda "Marsel" bilan Chempionlar Ligasidagi g‘alaba orqali o‘lchanadi. Futbolchilik faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida yakunladi.

3. Jorj Vea

1995 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to‘p" sohibi va Liberiya prezidenti. Futbolchining faoliyati xuddi shu yo‘sinda davom etdi. Ta’kidlash kerakki, u “Oltin to‘p”ning birinchi afrikalik sohibiga aylandi va bu yevropalik bo‘lmagan birinchi futbolchidir. Uning terma jamoasi hech qachon jahon chempionatining final qismida o‘ynamagan. Futbolchilik faoliyatida - "Monako", "PSJ", "Milan" va "Chelsi"dagi yorqin o‘yinlari sabab u muxlislar e’tiborini tortdi. Vea klublar tarkibida vatani Liberiya va Fransiya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Va u ikki marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

4. Didye Drogba

Kot-d’Ivuarlikning eng yorqin yillari "Chelsi"da o‘tgan. Bu yerda u klub tarixidagi eng yaxshi xorijlik to‘purarga aylandi va Premyer-ligada 100 ta gol urgan birinchi afrikalik futbolchi bo‘ldi. London klubi bilan u to‘rt marta milliy chempionatda g‘alaba qozongan va bir marta Chempionlar ligasining eng yuqori pog‘onasini egallagan. Faoliyatining oxirida u Turkiya va Xitoy chempionatlarida o‘ynashga qaror qildi, ammo keyin kutilmaganda "Chelsi"ga qaytdi. Drogba nihoyat 40 yoshida Amerikaning "Finiks Rayzing" klubida professional futbol bilan xayrlashdi.

5. Samuel Eto'o

Ko‘pchilik uni Kamerun terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb hisoblagan, u turli klublar uchun 369 gol va milliy terma jamoa uchun 56 golga ega. U “Anji” klubi safida hatto Rossiya chempionatida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin uning eng yaxshi davrlari "Barselona"da bo‘lgan. Bu yerda u 5 ta ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Bu vaqt ichida kamerunlik uch marta Ispaniya chempionati va ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

6. Maykl Essyen

Futbolchi unvonlarni "Lion"dalik paytidayoq yig‘ishni boshlagan, Fransiyada u qatorasiga ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritgan, keyin esa “Chelsi”ga yo‘l olgan va u yerda klubning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan. «Chelsi»dagi 8 mavsumi davomida futbolchi 9 ta sovrin, jumladan, 2 ta Premyer-liga chempionligi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan. Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan futbolchi tez orada London jamoasini tark etib, "Real"ga, keyin esa "Milan"ga o‘tdi.

Kiritildi: 06:09, 17.09.2022.
O'qildi: 2067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.