Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

AFC U20 saralash. O‘zbekiston so‘nggi turda ham g‘alaba qozondi

AFC U20 saralash. O‘zbekiston so‘nggi turda ham g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, qit’amiz bo‘ylab 2023 yili mamlakatimizda o‘tkaziladigan U-20 Osiyo kubogining saralash bahslari o‘tkazilmoqda. Farhod Nishonov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi "A" guruhida norasmiy tarzda ishtirok etayotani haqida xabar berib o‘tgandim. Jamoamiz kecha so‘nggi tur doirasida Xitoyga qarshi maydonga chiqdi.

Vakillarimiz bahsning 7-daqiqasida Akbar O‘ktamov tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Abdulla Adiliy xitoyliklarning javob to‘piga mualliflik qildi.

Oradan atigi 6 daqiqa o‘tib o‘zbekistonliklar yana oldinga o‘tib olishdi. Gol muallifi — Javohir Utamurodov.

Birinchi bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolganida Mahmud Jo‘raboyev maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi g‘alabani saqlab qoldi.

Shu tariqa, Farhod Nishonov boshchiligidagi yoshlarimiz yuz foizlik natijani qayd etishdi: 4 ta uchrashuv, 4 ta g‘alaba. Terma jamoamizning bu natijalari "A" guruhiga ta’sir o‘tkazmaydi.

AFC U20 saralash, "A" guruhi, 4-tur
Xitoy - O‘zbekiston - 1:2
Gollar: Abdulla Adiliy (17ʼ) — Akbar O‘ktamov (7ʼ), Javohir Utamurodov (23ʼ).
Chetlatish: Mahmud Jo‘raboyev (42ʼ).
O‘zbekiston U-19: Asrorbek Kenjayev, Javohir Utamurodov, Mirkomil Abdurazzoqov, Sunnatilla Poyonov, Akbar O‘ktamov, Rian Islamov, Toxirbek To‘xtasinov, Mahmud Jo‘raboyev, Asadbek Beglarxonov, Doniyor Valiyev, Rustambek Fomin
Zaxira: Shahzodbek Rahmatullayev,  Asadbek Jo‘raboyev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, Bayram Najafaliyev, Maksim Murkayev, Abror Karimov, Aleksandr Zevadinov, Akmal Kozimov, Shohjahon Xayrullayev, Nodirjon Soyibov, Islomjon Kenjaboyev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:59, 17.09.2022.
O'qildi: 3884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.