Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Kimning xizmati uchun qancha to‘lanmoqda? Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (top-10)

Kimning xizmati uchun qancha to‘lanmoqda? Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (top-10)

Baho:
+ | -

2022 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari nomiga aniqlik kiritildi. Ro‘yxatning kuchli o‘ntaligidan biz yaxshi tanigan nomlar joy olgan. Faqat bittagina masala: kim qaysi pog‘onada joylashgan? Quyida shu savolga javob izlab ko‘ramiz.

Kilian Mbappe dunyodagi eng ko‘p maoshga ega futbolchi sanaladi. 23 yoshli fransuz, 2022 yilning avvalida "Real Madrid"ga o‘tishi kutilayotgandi. Ammo Mbappening qarori o‘zgardi. U "PSJ" bilan 3 yillik yangi shartnomaga imzo chekdi. Ushbu bitimning umumiy qiymati 500 million funtni tashkil etadi. Mbappening mega-shartnomasi futbolchini 2025 yilga qadar Parijda olib qoladigan bo‘ldi. Qolaversa, aynan shu bitim sababli hujumchi dunyoning eng katta maosh oluvchisiga aylandi. Mbappe hozir "PSJ"da bir mavsum davomida 91 million funt olmoqda. Bundan tashqari 17,3 million funt, unga qo‘shimcha tijoriy hamkorlikdan kelib tushadi. Ayni damda u bilan dunyoning yetakchi brendlari hamkorlik qilmoqda. Ular ichida "Nike", "Hublot", "Electronic Arts", "Oakley" hamda "Christian Dior" kabi mashhur kompaniyalar bor. Kilian, dastlab, "Monako" safida porlaydi. Shundan so‘ng, 2018 yilda PSJ" uni 166 million funtga sotib oladi. Hozirga qadar u parijliklar safida 225 ta bahsda 181 ta gol urishga erishgan.

Dunyoning ikkinchi eng ko‘p maoshga ega futbolchisi bu Krishtianu Ronaldudir. "MYU" yulduzi sport olamida eng ko‘p tilga olinadigan nomga egalik qiladi. Shu sababali, Ronaldu yillik daromadining 52 million funtini tijoriy hamkorlikdan oladi. Portugaliyalikning eng yirik hamkorlari "Nike", "Tag Heuer" hamda "Herbalife"dir. Ronaldu, shuningdek, "Manchester Yunayted"dagi bir mavsumlik xizmati uchun 45,9 million oladi. Bu esa APLdagi eng baland ko‘rsatkich sanaladi.

Yetti marta "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan Messi Ronaldudan keyingi pog‘onaga joylashgan. Uning yillik daromadi 95,3 million funtga tengdir. Xuddi boshqalar kabi Argentina terma jamoasi a’zosi ham daromadlarining ancha qismini tijoriy hamkorlikdan topadi.
"PSJ" 2017 yilda sotib olgan futbolchisi bo‘lgan Neymarga ham katta maosh to‘laydi. 30 yoshli futbolchi yiliga 78,9 million funtni qabul qilib oladi.

Ro‘yxatning beshinchi o‘rinida misrlik yulduz Muhammad Saloh keltirilgan. Vinger yiliga 34,2 million funt ishlab topadi. Bu esa "Liverpul"dagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Sobiq "Chelsi" vakili Eden Azar maydonda kam ko‘ringani bilan daromadlari yomon emas. Uning yillik maoshi 27,1 millionga teng.
Ayni damda Yaponiya chempionatida harakat qilayotgan "Barselona" afsonasi Adreas Inyesta, 26 million funtni bir yilda ishlab oladi. Uning hozirgi jamoasi "Vissel Kobe", ispaniyalikka shunday sharoitni yaratib bergan.
APL yulduzi bo‘lgan Sterling "Chelsi" tarkibiga kelib qo‘shildi. Bu esa uning yillik maoshini 25,5 million funtga yetkazdi. "Manchester Siti" sardori Kevin De Bryuyne esa 25,1 million oladi. U o‘z klubidagi eng katta maoshga ega futbolchi hisoblanadi.
Top-10 talikdagi so‘nggi vakil bu Jahon chempioni Antuan Grizmanndir. Hujumchi ayni damda "Atletiko" safida ijara asosida to‘p tepmoqda. U 23,8 million funt mablag‘ni bir yillik mehnati uchun oladi. Undan tashqari 4,8 million funt fransuzga turli xil hamkorlik va tijoriy loyihalarda qatnashgani uchun taqdim etiladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:30, 18.09.2022.
O'qildi: 2494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.