"Arsenal"ning 15 yoshli futbolchisi Premyer-liga rekordini o‘rnatdi.
Yarim himoyachi Itan Nvaneri Angliya chempionatining "Brentford"ga (3:0) qarshi o‘yinining 92-daqiqasida maydonga tushdi.
Nvaneri Premyer-ligada o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. U 2007 yilda tug‘ilgan va hozirda 15 yoshu 181 kunlik.
Itan 16 yoshu 30 kunligida Premyer-ligada debyut qilgan Xarvi Elliotning rekordini yangiladi.