Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Bu "Real”ni to‘xtatib bo‘lmayapti? Ular derbida Benzemasiz g‘alaba qozondi!

Bu "Real”ni to‘xtatib bo‘lmayapti? Ular derbida Benzemasiz g‘alaba qozondi!

Baho:
+ | -

"Real Madrid" "Atletiko"ga qarshi derbiga so‘nggi 54 yildagi eng yaxshi start bilan yaqinlashayotgan edi, Karlo Anchelotti shogirdlari yangi mavsumdagi barcha sakkizta o‘yinda g‘alaba qozonishdi. Ammo yomon xabar ham bor edi: Karim Benzema Madrid derbisiga tiklanishga ulgurmadi, garchi ispan jurnalistlari hujumchi asosiy raqibi bilan jangda ishtirok etishdan oxirigacha umid qilganini yozishgan. "Qaymoqranglilar" Benzemasiz o‘ynadi va "Atletiko" birdaniga Antuan Grizmanni asosiy tarkibda tushirdi, u oldingi barcha o‘yinlarda faqat 60-daqiqadan so‘ng maydonga tushdi, bu holatda klub uning sotib olishi uchun "Barsa"ga 40 million yevro to‘lamaydi.

"Atletiko" "Real Madrid"ni o‘z jarima maydonidan uzoqlashtirmoqchi va 5-3-2 sxemasida himoyalanib, raqib tezligini tushirmoqchi edi. Qanot himoyachilari vaziyatga ko‘ra raqiblarini kutib olish uchun maydonga markaziga yaqin harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda to‘pga egalik qilish deyarli teng edi (49%ga 51%), ammo "Real Madrid" maydonning markazida ko‘proq uzatmaga ega bo‘ldi(182/123). 0:0 hisobida Diyego Simeone shogirdlari standartlar bo‘yicha xavfli vaziyatlarni yaratdilar. Anchelotti tezkor Vinisius va Rodrigodan mezbonlarning uchta markaziy himoyachisidan qochib ketishlariga umid qildi. Aksel Vitselni markaziy himoyachi rolida ko‘rish odatiy hol emas, albatta. Lekin bu Simeonening qarori edi.

Maydonda ko‘plab to‘qnashuvlar, Vinisius va "Real"ning boshqa futbolchilari ishtirokida kichik mojarolar bo‘ldi. Raqs hikoyasi va irqchilik tuhmati braziliyalikning o‘zini ham, uning raqiblarini ancha g’azablanishga sabab bo‘lgandi. Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, “Atletiko” muxlislari o‘yin oldidan stadionda “Vinisius, sen maymunsan!”, deb qo‘shiq kuylashgan. Biroq hujumchi kecha goldan keyin yana raqsga tushdi. Bu safar o‘zining golidan keyin emas, balki Rodrigoning golidan so‘ng.

Tanaffusga qadar “qaymoqranglilar” umumiy zarbalar soni (4:8) bo‘yicha ham, aniq zarba berish (3:4) bo‘yicha ham mezbonlardan ortda qolishdi. Shunga qaramay, ular ikkinchi golni ham urishdi. Luka Modrich bilan devor usulida o‘ynagan Vinisius "Atletiko" himoyasining o‘ng qanotini yorib o‘tdi. Braziliyalik futbolchining o‘zi gol ura olmadi, u darvoza ustuniga zarba berdi. Ammo Federiko Valverde qaytgan to‘pni darvozga joylab qo‘ydi. Anchelotti, agar urugvaylik futbolchi bir mavsumda 10ta gol urmasa, murabbiylik lisenziyasini yirtib tashlashga va’da berganida u nima haqida gapirayotganini bilgan, shekilli. Uning hisobida hozircha 3 gol bor.

Ikkinchi bo‘limda "Real Madrid" o‘yinni shunday “bo‘g‘ib” tashladiki, bu "Atletiko"ning uslubini o‘ziga qarshi qo‘llash edi. "Qaymoqranglilar" pozision himoyada to‘p nazorati bilan tezlikni sekinlashtirdi va qarshi hujumlarda Vinisius va Rodrigoning tezkor oyoqlariga tayanishda davom etdi.

Bunday uyushgan va saviyali raqibga qarshi hududiy ustunlik bilan to‘pga egalik qilish Simeone jamoasi uchun yoqimli narsa emas. Krosslar, oddiy kombinasiyalar "Atletiko" "Real"ga qo‘lidan kelgan barcha narsani taklif qildi, ammo bu yetarli emasligi aniq edi.

Tanaffusdan so‘ng, o‘yin yana-da qizg‘inlashdi. Raqiblar rollarni o‘zgartirdilar va ularning psixologiyasida nimadir o‘zgardi. Final hushtagiga 10 daqiqa qolganida maydon tom ma’noda yondi. Mezbonlar burchak to‘pidan so‘ng gol urishdi va Tibo Kurtua to‘pga chiqish vaqtida xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p Mario Ermosoning yelkasiga tegib darvoza to‘riga borib tushdi.

Gol urgan Simeone shogirdlari ikkinchi 45 daqiqalikda darvozaga birinchi zarbasini berishdi. "Atletiko"da umid uyg’ondi, lekin ikkinchi golni urish uchun ularga vaqt yetmadi. Anchelotti jamoasi xotirjamlik bilan hisobni saqlab qolishdi.

Kiritildi: 11:46, 19.09.2022.
O'qildi: 4249 marta.
Fikrlar: 133 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.