Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Xavi-boll» yoxud yangi «Barselona» haqida (2-qism)

«Xavi-boll» yoxud yangi «Barselona» haqida (2-qism)

Baho:
+ | -

Bu yozgi transferlar oynasida "Barselona" eng faol jamoalardan biri bo‘ldi. Laporta va uning jamoasi juda samarali harakat qildi. Xavi ham bu transferlar amalga oshishida katta rol oynadi. Jamoaga kelgan futbolchilar aynan uning g‘oyasiga ishondi. Yana ba’zi futbolchilarga chiqish eshiklari ko‘rsatilsa ham ketishni istamadilar. Chunki, hamma, oyning qolgan o‘n besh qismini yorug‘ ekanligiga ishonardilar.

Kataloniyaliklar bu mavsum dahshatli start oldi. Ularning raqiblariga nazar solsak, ehtimol "dahshatli" degan ta’rif mubolag‘a bo‘lib ko‘rinar. Lekin nima bo‘lganda ham, raqamlar tarixda qoladi. "Barselona" jamoasi La-liga doirasida oltita o‘yin o‘tkazib ularning beshtasida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbatiga e’tibor qarating: Urilgan gollar soni — 18 ta. O‘tkazib yuborilgani — 1 ta. Sermahsullik yuqori darajada. Lekin Ispaniyaning boshqa klublariga hurmat saqlagan holda aytamanki, ular Kataloniya superklubi uchun jiddiy raqib emasdilar. Murabbiyning dastxati esa katta o‘yinlarda ko‘rinadi.

"Barselona" ichki chempionatda jiddiy raqiblarga duch kelmadi, lekin Chempionlar ligasida bu sinov boshiga tushdi. Bilamizki, har bir davlatda, o‘sha yerning ikki grand jamoasi bir-biriga keskin adovat bilan, yana qandaydir dushmanlik ruhi bilan boqadi. Masalan, "Barselona" va " Real Madrid", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" va hokazo. Lekin boshqa-boshqa davlatlarda bo‘la turib bir-biriga bu qadar prinsipial raqib bo‘lgan jamoalar juda kam. "Barselona" va "Bavariya" — shunday raqiblardir. Ularning biri Ispaniyada, boshqasi Germaniyada bo‘lgani bilan, o‘rtalaridagi adovat ancha-muncha derbilarnikidan kam emas. Bu mavsum ham shu ikkala jamoa bir guruhdan joy olishdi. Bu — "Barselona" uchun jiddiy sinov edi.

Shu o‘yin Xavining qanday murabbiy ekanligini tom ma’noda ochib berar edi. Zotan, La ligadagi autsayderlarni yutish uchun murabbiy daho bo‘lishi shart emas. Xavi yillar davomida to‘planib kelgan alamlarni ketkazishi, qisqa qilib aytganda, muxlislar uchun "xun" olishi lozim edi. Xavi bularning barchasini yaxshi tushunib turardi. Shuning uchun o‘sha kuni o‘zining bor salohiyatini yuzaga chiqarishga urindi.

"Barselona" "Bavariya"ga qarshi o‘zining optimal tarkibida maydonga tushdi. Murabbiy o‘zi sevgan (4-3-3) taktik sxemasini ishga soldi. Xavining yurishi bunday bo‘ldi: jamoa birinchi bo‘limda yuqori pressing uyushtirish orqali raqiblarni sarosimaga solishi va ularni xato qilishga majburlashi lozim edi. Myunxenliklar agarda himoyadan uzun paslar orqali chiqishni istasalar, ularning uzatmalarini "Barselona"ning bo‘ydor himoyachilari butkul kesib tashlashlari kerak edi. Ushbu rasmga e’tibor qarating!



Rasmda "Barselona" himoyachilari deyarli maydon markazida turibdi. Kataloniyaliklarning himoya chizig‘i juda yuqori tortilib harakat qildi va bu orqali qisman maqsadga erishildi ham.

Kataloniyaliklar birinchi bo‘limda bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ldilar, ular mezbonlarga bosim uyushtirib o‘yinni o‘z qo‘llariga oldilar. Xavining rejasi birinchi bo‘limda yaxshi ishladi, faqat gol bo‘lmadi. Gol esa - "Barselona" futbolchilari uchun juda muhim edi. Quruq o‘tgan taym "Bavariya" foydasiga ishladi. Ikkinchi bo‘limning boshida mezbonlar burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochdilar. Kataloniyaliklar o‘ziga kelguniga qadar Leroy Sane ikkinchi to‘pni Ter Shtegen darvozasiga joylab qo‘ydi. Ha, futbol shunday shavqatsiz o‘yin.

Lekin, avvalgilariga nisbatan bu o‘yinda "Barselona" ancha jonli harakatlandi. Bu safar ular kuchlari yetmaganlari uchun emas, o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmaganlari uchun mag‘lub bo‘ldilar. "Barselona" yaxshi o‘ynab turib mag‘lub bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng "Barselona" ichki chemoionatda "Elche"ga qarshi to‘p surishi kerak edi. Muxlislar esa, mag‘lub bo‘lib kelgan suyuklilaridan yuz o‘girmadilar. "Elche"ga qarshi o‘yinda "Kamp Nou" ga 85.703 muxlis tashrif buyurdi. O‘tgan yili aynan shu "Elche"ga qarshi o‘yinda shu stadionga atigi 41.664 ishqiboz kelgan edi. Natija ikki barobarga oshgan, bu esa - "Barselona" yana muxlislarga ishonchni qaytara olganiga dalolat qiladi. Xullas, muxlislar "Barselona" o‘z uyida ular uchun "Bavariya"dan "qasos" olib bera olishiga va avvalgi paytlardagidek titullar yutishiga ishonishmoqda.

Xulosa.
Xavi va uning jamoasi hozir to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Do‘stlarim, ishontirib ayta olamanki, kataloniyaliklar bu mavsumni quruq yakunlamaydilar.

Ermon buva.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 19.09.2022.
O'qildi: 3383 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.