"MYU" qish uchun yana bir nishonga ega. Xabarlarga ko‘ra, "Benfika" hujumchisi Gonsalu Ramush "qizil iblislar" radarida turibdi. 21 yoshli futbolchi vakillari allaqachon "MYU" bilan muzokaralar o‘tkazgan.
APL giganti Ramush uchun 25 million funt to‘lashga tayyor ekanini bildirgan. Hujumchining amaldagi bitimi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.