Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bahodir Ahmedov: «Kuvaytdagi Osiyo chempionatidan sovrin bilan qaytmoqchimiz»

Bahodir Ahmedov: «Kuvaytdagi Osiyo chempionatidan sovrin bilan qaytmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi kelasi haftada Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Kuvaytga jo‘nab ketadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va jamoamiz a’zosi Davron Choriyev O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Bahodir Ahmedov: — Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni yaxshi ketmoqda. Yigitlarda mashg‘ulotlarda yaxshi mehnat qilishyapti. Ulardan ko‘nglim to‘q. Yana 2ta mashg‘ulot o‘tkazib, 22 sentyabr kuni Kuvaytga uchib ketamiz. U yerda hamma shug‘lotlarni davom ettiramiz. Birinchi o‘yinimiz esa 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Turkmanistonga qarshi bo‘ladigan ilk o‘yindanoq muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

— Davron, jamoadagi muhit qanday? O‘yinchilarimiz bu musobaqadan nimalarni kutishyapti?
Davron Choriyev: — Jamoadagi muhit juda yaxshi, kayfyaitlar a’lo. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchi murabbiylar kelgan, ularning ko‘magida ish olib boryapmiz. Maqsadimiz — oliy, chempionlikni qo‘lga kiritish. Barcha yigitlarning fikru zikri g‘oliblikka qaratilgan. Xudo xohlasa, O‘zbekistonga yorug‘ yuz bilan qaytamiz, degan umiddaman.

— Bahodir aka, siz anchadan beri Nodir Eliboyev bilan juftlikda ishlab kelasiz. Undan tashqari, jamoaga ispaniyalik mutaxassis yordam bermoqda. Umuman olganda, murabbiylar shtabi haqida ma’lumot berib o‘tsangiz.
Bahodir Ahmedov: — Ha, jamoa murabbiylar shtabiga ispaniyalik mutaxassis qo‘shilgan. Bundan tashqari, darvozabonlar murabbiyi bo‘lishini ham istagandik. Ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Ushbu vazifani Rustam Umarovga yukladik. Jamoamiz juda ahil. Xudo xohlasa, xalqimizga bayram quvonchini ulashishni maqsad qilganmiz.

— Terma jamoamiz safiga yangi futzalchilar qo‘shilganini ko‘ryapmiz. Yangilar jamoaga qanchalik qo‘shilib keta olishdi? Qaysi chiziqlarni yangiladingiz? Qaysi yoshlar o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishyapti?
Bahodir Ahmedov: — Avvalo tajribali futbolchilarga rahmat aytaman. Ular yoshlarning jamoaga qo‘shilib ketishida yordam berishmoqda. Bizda doimo shunday bo‘lib kelgan. Yoshlarning tezroq jamoaga qo‘shilib ketishida tajribalilarning hissasi katta bo‘ladi. Yoshlar haqida faqat iliq fikrlarni ayta olaman. Shafran, Daler, Asilbek, Xayrulla kabi yoshlarni ajratib ko‘rsatishim mumkin.

— Davronni yaqingacha ham yosh futbolchi deb atab kelardi. Endi siz tajribali futzalchiga aylandingiz. Kirib kelgan yoshlarning jamoaga qo‘shilib ketishida sizda ham mas’uliyat bor.
Davron Choriyev: — Yoshlarga qo‘ldan kelgancha bilganlarimizni o‘rgatamiz. Ba’zida ular xato qilgan paytlarda qattiq gapirib yuboramiz. Buning uchun ulardan xafa bo‘lmasliklarini so‘rardim. Asosiy bilimlarni murabbiylar berishadi. Ularda tushunmagan jihatlar bo‘lsa, biz o‘rgatishga harakat qilamiz. Memnimcha, terma jamoamiz ishonchli qo‘llarda deb ayta olaman. Ular orasida iqtidorlilari ko‘p. Terma jamoamizda avlodlar almashuv jarayoni boshlandi. Jamoamizda 2002-2003 yillarda tug‘ilgan futzalchilar bor. Buni katta o‘zgarish deya olamiz.

— Ularning mahoratiga shubha qilmaymiz, ammo katta turnirlarning o‘ziga xos bosimi bo‘ladi. Ularni bunday musobaqalarga ruhan tayyorlash qanday kechmoqda?
Bahodir Ahmedov: — Ularga buni tushuntirib boryapmiz. Hech narsadan qo‘rqmasdan, hech narsani o‘ylamasdan, murabbiyning ko‘rsatmasiga amal qilinsa, muammo yuzaga kelmaydi.

— Tayyorgarlik jarayonida ko‘nggingiz to‘lmagan yoki amalga oshmagan rejalaringiz bo‘ldimi?
Bahodir Ahmedov: — Hammasi joyida bo‘ldi. Faqat bitta muammo — Kuvaytda o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishni niyat qilgandik, ammo OFK hech bir terma jamoaga Kuvaytda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish imkonini bermadi. Qolgan ishlarda muammo bo‘lmadi.

— Iroqqa qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida terma jamoamiz mag‘lubiyatga uchradi. Bu esa bizni biroz xavotirga soldi.
Bahodir Ahmedov: — Xavotirga o‘rin yo‘q. Biz har ikkala o‘yin kuni ertalab jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazib, kechasi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdik. Bu bahslarda futzalchilarimiz charchoq holatida to‘p tepishdi. Maqsadimiz — Osiyo chempionatiga yuqori formada borish.

— Avvalgi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladik. Avlodlar almashuvi boshlanganiga qaramay, yanada yuqoriroq o‘ringa umid qilsak bo‘ladimi?
Bahodir Ahmedov: — Albatta, yuqoriroq maqsadlarni oldimizga qo‘ypmiz. Maqsadimiz — chempionlik. Tayyorgarlik shunga qaratilgan. Yigitlarga ishonaman. JCHdagi o‘ynaganimizdek harakat qilsak, eng yuqori o‘rinni egallaymiz.

— JCHdan keyin ko‘p futzalchilarimiz keyingi safar Eronni mag‘lub etamiz, degan mazmunda gapirishdi. Ushbu niyat hamon saqlanib turibdimi?
Davron Choriyev: — Ishtiyoqdan tashqari, Eronga qarshi revansh kayfiyati bor. Bu raqibni yutish vaqti keldi. Bu jamoaga qarshi bahslarda ko‘p gol uryapmiz. Avvalgi to‘qnashuvlarimizda bunday holat kuzatilmasdi. Demak, bu jamoani yutsak bo‘ladi.

— Bevosita guruh bosqichiga to‘xtalsak. Raqiblarimiz — Bahrayn, Turkmaniston va Tojikiston. Raqiblarimiz haqida qanchalik ma’lumotga egasiz? Guruhdagi asosiy raqibimiz kim bo‘ladi?
Bahodir Ahmedov: — Guruhdagi har bir jamoa asosiy raqib bo‘ladi. Chunki har bir jamoa o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Bu raqiblarga qarshi oson o‘yin kutmayapman. Ularning har biri kuchli. Har bir raqibga kuchli ishtiyoq bilan o‘ynash kerak.

— Pandemiya tufayli ma’lum vaqt musobaqalar o‘tkazilmadi. Terma jamoamiz bu safar o‘zini Osiyo chempionatining yetakchisi sifatida his etadigan turnir sog‘ingan bo‘lsa kerak?
Bahodir Ahmedov: — Ha, so‘nggi marta Osiyo chempionati 2018 yilda o‘tkazilgandi. JCHdan oldin Tailanddagi musobaqada ishtirok etdik, ammo Osiyo chempionatining saviyasi o‘zgacha.

— Davron, muxlislarimiz futzalchilarimizni yaxshi ko‘rishadi. O‘yinchilar ham muxlislar bilan muloqotdan qochmaydi. Ketish oldidan ishqibozlarga aytar so‘zingiz bormi?
Davron Choriyev: — O‘zbekistonlik muxlislarga rahmat aytaman. Shu darajaga yetishishimizga ularning hissasi bor. Ular ko‘cha ko‘yda bizni ko‘rishganida doimo iliq munosabatda bo‘lishadi. Kuvaytdagi Osiyo chempionati bizga muxlislik qiling, deb qolaman. Sizlarni uyaltirib qo‘ymaslikka harakat qilamiz.

— Bizning jamoa har doim oxirigacha jang qiladi. Bu galgi musobaqada jang qilib, mag‘lub bo‘lmasdan, yurtimizga g‘alaba bilan qaytishingizni tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:19, 20.09.2022.
O'qildi: 2248 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.