Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Pol Pogba tovlamachilarga 11 mln yevro bermoqchi bo‘lgan, biroq bank o‘tkazmani bloklab qo‘ygan

Pol Pogba tovlamachilarga 11 mln yevro bermoqchi bo‘lgan, biroq bank o‘tkazmani bloklab qo‘ygan

Baho:
+ | -

Polisiya «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbani himoya ostiga oldi.

Turinliklar futbolchisi akasi Matia va uning do‘stlari tomonidan tahdidlarga uchramoqda, deya yozadi Sportmediaset.

Shuning uchun hozirda Turin polisiyasi Polni qo‘riqlab turibdi. Shuningdek, xuddi shu odamlar Pogbaning onasiga ham tahdid qilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya terma jamoasi futbolchisi uyushgan jinoiy guruh tomonidan tovlamachilik va tahdidlarga uchrayotganini ta’kidlagandi. Ushbu jinoiy guruh tarkibiga kiruvchi akasi Matia Pogba shantaj yo‘li bilan Poldan 13 million yevroga yaqin pul undirmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi.

Matia hibsga olingan, unga uyushgan guruhning bir qismi sifatida tovlamachilik va jinoiy til biriktirish ayblovi qo‘yildi. 27 yoshdan 36 yoshgacha bo‘lgan yana to‘rt nafar gumonlanuvchiga ham ayblov qo‘yilgan, ularning barchasiga sudgacha hibsda saqlanmoqda.

Pol Pogba esa akasi tomonidan shantajga uchragani bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Pogbaning aytishicha, 2022 yil 19 mart kuni terma jamoa bazasida bo‘lib turgan vaqtda bolalikdagi do‘stlari Adama, aka-uka Rushdan va Machikurlar uni o‘zi yashaydigan mehmonxona yaqinida joylashgan xonadonga olib borgan. U yerda futbolchini telefonini o‘chirib qo‘yishga majburlashgan.

Xonaga «kapyushon»li ikki nafar qurollangan shaxs kirib kelgan. Rushdan Polga uni uzoq yil davomida himoya qilib kelgani uchun 13 million yevro, jumladan, 3 million naqd pul to‘lashni buyurgan.

«Qo‘rqib ketdim. Ikki yigit qurollarini menga o‘qtaldi. Qo‘rqqanimdan aytilgan pulni to‘lashga rozi bo‘ldim. Ular esa baqirib: ‘o‘chir ovozingni, pastga qara’, dedi.

Ikki ‘kapyushon’li yigitdan biri Rushdanning qulog‘iga nimanidir pichirladi. Qurollangan yigitlar ketgandan so‘ng Rushdan ularga pul to‘lashim kerakligi, aks holda hammamiz xavf ostida qolishimizni aytdi.

U mashhur futbolchiligim uchun sodir bo‘lgan voqea normal holatligini gapirdi. Biroq pul to‘lashim kerak edi, chunki u mening nomimdan va’da bergandi», — deydi Pogba.

Dastlab Pol shantajchilarga aytilgan pulni to‘lab bermoqchi bo‘lgan, lekin bank ushbu harakatlar shubhali bo‘lgani uchun operasiyani rad etgan.

Bahorda yana qo‘shimcha bosimlar bo‘lganidan so‘ng futbolchi manchesterlik Bubakarga 100 ming yevro berishga rozi bo‘lgan. Pol, shuningdek, tovlamachilarga keyingi o‘tkazmalari uchun kriptovalyutaga sarmoya kiritish majburiyatini olgan hujjatga imzo chekkanini tan oldi.

Shundan so‘ng Pogba italyan bankidan Dubaydagi hisob raqamiga 13 million yevro o‘tkazishni so‘ragan. Keyinchalik ushbu pullarni Adam K.ning BAAdagi hisob raqamiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Biroq fikrini o‘zgartirgan.

Besh ayblanuvchi ham shantajchilarning «ikkinchi davrasi» tomonidan bosim va tahdidga duchor bo‘lganini da’vo qilmoqda. Bubakar, Sen va Marnada uch nafar «kapyushon»li odam tahdid qilganini ta’kidladi. Uning advokati Romen Bule o‘z mijozi haqida: «U xuddi Pol Pogba kabi qurbon, chunki unga ham tahdid qilishgan, u manipulyasiya tufayli tuzoqqa tushib qolgan», — dedi.

Yana bir gumonlanuvchi Mamaduning mashinasi iyul oyi o‘rtalarida Parijda yoqib yuborilgan. Matia Pogba esa iyul oyi oxirida bir nechta qurollangan shaxs unga va qolgan ikki gumonlanuvchiga tahdid qilganini aytib o‘tdi.

10 avgust kuni Rushdan qo‘lidan yaralangan. Uning advokati Dafna Pulezining aytishicha, Rushdanning o‘zi jabrdiyda. U 13 sentyabr kuni Tunisga jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan vaqtda hibsga olingan.

Hibsga olingan Matia Pogba avgust oyi oxirida qurolli shaxslardan qo‘rqib, Polni fosh qiluvchi videoni ijtimoiy tarmoqqa joylaganini ma’lum qildi. U bu ishni «ukasini gapirishga majbur qilish uchun» qilganini tan oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:15, 20.09.2022.
O'qildi: 2922 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.