"Milan" hujumchisi yangi shartnoma imzolashi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, milanliklar futbolchisi Rafael Leau klubda qolmoqchi.
23 yoshli portugaliyalik jamoaning asosiy vakili sanaladi. U o‘tgan mavsumda "Milan"ni chempion qilishda katta rol o‘ynagan. Leau uchun "Chelsi" eng katta da’vogar sanaladi.