Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mbappe yana nimadan norozi?

Mbappe yana nimadan norozi?

Baho:
+ | -

"PSJ"da bu mavsum haqiqiy o‘z boshimchalik yuz beryapti. Kilian Mbappe o‘zini Parij qiroli deb tasavvur qilib, boshqa yulduzlar Leo Messi va Neymar bilan aloqa o‘rnatolmayapti. 23 yoshli fransuz namoyishkorona hujumlarni to‘xtatadi, vaqti-vaqti bilan maydonda jamoadoshlarini mensimaydi va o‘zini iloji boricha xudbinlik bilan tutadi.

Jumladan, “Yuventus” bilan o‘yindagi tanaffusda Mbappe himoyachi Ashraf Hakimiyga yomon uzatma uchun tanbeh berdi. Shunda jahon chempioni marokashlik bilan qo‘l berib ko‘rishdi, biroq uning uzr so‘zini qabul qilmadi, Hakimiyga: “Kechirimning o‘zi yetarli emas”, dedi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Kilian Neymar bilan mojaro borligi haqidagi ma’lumotni rad etdi: “Men u haqida oltinchi yildan beri gapiryapman, har doim hurmatli munosabatda bo‘lganmiz. Lekin biroz sovuqroq gaplashgan paytlarimiz ham bo‘ldi. Va ba’zida biz eng yaxshi do‘stmiz". Ammo Yevropada ular "PSJ" bosh murabbiyi Kristof Galtyening shaxsan o‘zi Mbappe va Neymardan omma oldida bir-biriga nisbatan norozilik bildirmaslikni so‘raganini yozishmoqda.

Endi klubda deyarli to‘liq hokimiyatni qo‘lga kiritgan 23 yoshli futbolchi Fransiya futbol federasiyasi bilan ziddiyatli vaziyatga duch keldi. Get Football News xabariga ko‘ra, Kilian terma jamoaning 20 sentyabr, seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan fotosessiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Buning sababi reklama huquqlari bo‘yicha kelishmovchilikda.

Mart oyida RMC Sport Mbappe fransiyalik futbolchilar uchun majburiy homiylik tadbirlarida qatnashmagani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng futbolchining oilasi, uning advokati va Federasiya o‘rtasida muzokaralar olib borilgan va natija bermagan.

Manbaning yozishicha, Kilian fransuz futbolchilarining imij huquqidan foydalanish qoidalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. 2010 yilda imzolangan shartnoma hozirda qo‘llanilmoqda. Janubiy Afrikadagi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Noel Le Gre futbolchilar xalqaro musobaqalardan tashqari bonuslar olmasligini va imidj huquqi har bir yig‘inda 23 nafar futbolchi o‘rtasida teng taqsimlanishini istadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Fransiya terma jamoasining har bir futbolchisi hozirda 20-25 ming yevro oladi.

Mbappe o‘z ismini futbolchi bilan shartnomasi bo‘lmagan kompaniyalarni reklama qilishda qo‘llanilishini istamaydi. Fransuz jamoasining asosiy homiylari Uber Eats, KFC va Coca-cola hisoblanadi. Ammo Kilian fransiyalik futbolchilar o‘z nomlari bog‘langan brendlardan ko‘proq pul olishni istaydi.

Dushanba kuni kechqurun Fransiya futbol federasiyasi futbolchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishini e’lon qildi.

“Fransiya futbol federasiyasi rahbarlari, uning prezidenti, bosh murabbiyi va marketing menejeri o‘rtasidagi yakuniy fikr almashishdan so‘ng, FFF imkon qadar tezroq futbolchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish majburiyatini oladi. FFF futbolchilar tomonidan bir ovozdan bildirilgan haqli xavotir va e’tirozlarni inobatga olgan holda, o‘z manfaatlariga xizmat qilish imkonini beruvchi yangi kelishuv ustida ish boshlashni intiqlik bilan kutmoqda”, - deyiladi tashkilot bayonotida.

Aftidan, Mbappening so‘zlari terma jamoada ham birinchi o‘ringa chiqib boryapti. U nafaqat "PSJ" rahbarlariga, balki Fransiya futbol federasiyasiga ham bosim o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 09:38, 21.09.2022.
O'qildi: 6821 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.