Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

"Real" Mbappedan voz kechdi, sababi ma’lum

"Real" Mbappedan voz kechdi, sababi ma’lum

Baho:
+ | -

"Real" xo‘jayinlari 2021/2022 yilgi mavsum oxiridagi muzokaralar buzilganidan keyin fransiyalik hujumchi Kilian Mbappeni taklif qilish haqida o‘ylamayapti.

O‘shanda tomonlar kelishuvga yaqin qolgandi, ammo uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng futbolchi "qaymoqranglilar" safiga o‘tishdan bosh tortdi va "PSJ" bilan yangi foydali shartnoma imzoladi.

El Debate nashrining yozishicha, “qirollik klubi" Mbappening qilmishini xiyonat deb biladi. Madridda Kilian "PSJ" bilan yirik shartnoma imzolash uchun ataylab "Real" bilan muzokara olib borishdan foydalangan, deb hisoblashmoqda. Qolaversa, klub bundan keyin jamoa muxlislari fransiyalik futbolchini qabul qilmasligiga ishonch bildirmoqda.

Mbappening "PSJ" bilan yangi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 14:31, 22.09.2022.
O'qildi: 7439 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.