Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon 3-0 Navbahor
26/06 20:00 Metallurg 0-0 Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya 1-1 Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina 0-0 Belgiya
27/06 00:00 Chexiya 1-2 Turkiya
27/06 00:00 Gruziya 2-0 Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador 3-1 Yamayka
27/06 06:00 Venesuela 1-0 Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor
28/06 03:00 Panama - AQSh
28/06 06:00 Urugvay - Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona - Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum - OKMK

Futzal. Quvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi haqida batafsil ma’lumotlar

Futzal. Quvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi haqida batafsil ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 sentyabiridan boshlab 8 oktyabrga qadar Quvayt Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslariga mezbonlik qiladi. Biroz avval Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu turnirda ishtirok etuvchi 14 talik qaydnomani e’lon qildi.

Biz bugun sizlarga ushbu turnir va undagi hamyurtlarimiz ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

2022 yilgi Osiyo kubogi turnirlar tarixidagi 17-si bo‘ladi. Musobaqa har ikki yilda bir o‘tkazilishini ham qayd etib o‘tish lozim. Turnirda OFKning 16 ta terma jamoasi ishtirok etadi.

Dastlab, 2020 yilda Turkmanistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan musobaqa mezbonligi qo‘shnilarimizdan olinib, Quvaytga topshirilgan edi. Biroq OFK 2021 yilning 25 yanvarida COVID-19 pandemiyasi sabab turnir bekor qilinishini e’lon qildi, ammo keyingi chempionat mezbonligi Quvaytda qoldirildi. Joriy yilgi musobaqa dastlab 2022 yilning 16-27 fevral kunlari o‘tkazilishi kerak edi, ammo taqdir taqozosi bilan OFK yana bu sanalarni o‘zgartirdi. 2021 yilning 5 iyulida turnir 2022 yilning 27 sentyabiridan 8 oktyabriga qadar o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi.

Bu musobaqaga Eron amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi. Forslar 2018 yilda finalda Yaponiyani yirik 4:0 hisobida taslim qilib, chempion bo‘lishgan. Huddi o‘sha turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-o‘rin uchun kurashda penaltilar seriyasida Iroqni yenggan (4:4 - penaltilar seriyasida - 2:1) holda sovrdor bo‘lgan.

Joriy yilgi OKda ishtirok etadigan terma jamoalar to‘liq ro‘yxati: Quvayt, Eron, Livan, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Tayland, Ummon, Vyetnam, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy Taypeyi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning B guruhida ishtirokini boshlaydi. Hamyurtlarimiz bilan bir guruhdan shuningdek, Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston ham o‘rin olgan. 

"Oq bo‘rilar" o‘zining ilk uchrashuvini 27 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. 2-turda (29 sentyabr) vakillarimizga Tojikiston raqiblik qilsa, 3-turda (1 oktyabr) Bahraynga qarshi o‘yin bilan guruh bosqichini yakunlaymiz.

O‘z guruhimizda (B) 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olsak, bizga A guruhida 2-pog‘onani egallagan jamoa raqiblik qiladi yoki aksinchi 2-o‘rinni egallasak, A guruhi g‘olibi bilan ro‘baro‘ kelamiz. Chorak final o‘yinlari 4 oktyabrga belgilangan.

OK-2022ning barcha guruhlari bilan tanishing

Group A

PosTeamPldWDLGFGAGDPtsQualification
1  Kuwait (H) 0 0 0 0 0 0 0 0 Knockout stage
2  Iraq 0 0 0 0 0 0 0 0
3  Thailand 0 0 0 0 0 0 0 0  
4  Oman 0 0 0 0 0 0 0 0

 

Group B

PosTeamPldWDLGFGAGDPtsQualification
1  Uzbekistan 0 0 0 0 0 0 0 0 Knockout stage
2  Bahrain 0 0 0 0 0 0 0 0
3  Tajikistan 0 0 0 0 0 0 0 0  
4  Turkmenistan 0 0 0 0 0 0 0 0

 

Group C

PosTeamPldWDLGFGAGDPtsQualification
1  Iran 0 0 0 0 0 0 0 0 Knockout stage
2  Lebanon 0 0 0 0 0 0 0 0
3  Chinese Taipei 0 0 0 0 0 0 0 0  
4  Indonesia 0 0 0 0 0 0 0 0

 

Group D

PosTeamPldWDLGFGAGDPtsQualification
1  Japan 0 0 0 0 0 0 0 0 Knockout stage
2  Vietnam 0 0 0 0 0 0 0 0
3  South Korea 0 0 0 0 0 0 0 0  
4  Saudi Arabia 0 0 0 0 0 0 0 0
 

Milliy terma jamoamiz Osiyo kubogi bahslaridan oldingi so‘nggi tayyorgarlikni Toshkentda o‘tkazdi. Vakillarimiz bu yig‘in davomida 2 bor Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvida parketga chiqdi va bir g‘alaba (5:4), bir mag‘lubiyatni (0:2) qabul qilib oldi. Bahodir Ahmedov murabbiyligida termamiz ertaga, 23 sentyabr kuni turnirda ishtirok etish uchun Quvaytga yo‘l olishadi. Ushbu musobaqada hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilaymiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:46, 22.09.2022.
O'qildi: 3296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.