Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru Millatlar ligasi doirasidagi Avstriyaga (2:0) qarshi o‘yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Opta xabariga ko‘ra, "Milan" hujumchisi Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi. Hozirda u 35 yoshu 357 kunlik.
Bundan tashqari, Jiruning Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Tyerri Anriga yetib olishi uchun ikkita gol bor.