"Nissa"da yangi murabbiy varianti paydo bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, "Bornmut"ning sobiq bosh murabbiyi Skott Parker "Nissa"da ish boshlashi mumkin. Ayni damda nissaliklar ustozi Lyusyen Favr katta bosim ostida qolgan.
U tez orada ishdan olinishi mumkin. Chunki uning jamoasi Fransiya chempionatida 13 o‘ringa tushib ketgan. Parker esa APLning yangi mavsumida ishdan olingan ilk murabbiy bo‘lgan edi.