Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Lionel Messi – hashamat shaydosi. Futbolchining 23 million funtlik koshonalari haqida bilasizmi?

Lionel Messi – hashamat shaydosi. Futbolchining 23 million funtlik koshonalari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -1

Megayulduzlardan biri bo‘lgan Lionel Messi dunyoning eng qimmat va eksklyuziv uylarida istiqomat qiladi. Bizningcha, siz ham 524 million funtlik boyliklaringiz bo‘lsa, shunday uylarda yashashni odat qilgan bo‘lardingiz. Argentinalik futbolchi ayni damda "PSJ" safida harakat qilmoqda. Messi bir yildan buyon Parijning eng qimmat tumanlaridan birida ijarada yashaydi. Uyning ijara haqi oyiga 18 ming funtni tashkil etadi. Yillar davomida Leo "Barselona" hamda Mayami shaharlarida o‘zi uchun uylar qurdi. Yaqindagina esa bu ro‘yxatga Ibisa hamda Rosario shaharlari ham qo‘shildi. Quyida Messining o‘sha shaharlardagi uylari haqida gap boradi.

Barselona

Hammasi Barselona shahridan boshlangan. Messi Kataloniyada qirolga aylangandi. Uning ilk uyi ham o‘sha yerda joylashgan. Shaharning eng boy kazo-kazolari joylashgan yeridan Messi uy olgan edi. U dengiz bo‘yida joylashgan bo‘lib, butun qirg‘oqni osonlik bilan ko‘rish mumkin. Shuningdek, Messining uyi joylashgan hudud osmonida uchoq harakat qila olmaydi. Eng asosiysi esa uy "Kamp Nou"ga juda yaqin joylashgan. Messi yillar davomida ayoli va uch farzandi bilan o‘sha uyda yashagan edi. Uy o‘z ichiga katta hovli, futbol maydonchasi, basseyn, ichki trenajor zali hamda qumloqni olgan. Uyning umumiy qiymati 5,5 million funtni tashkil etadi.

Mayami

2020 yilda Messi AQSHdan koshona xarid qiladi. Uning yangi uyi Mayami shahrida joylashgan edi. Bu voqea Messining "Inter Mayami" jamoasiga o‘tishi bilan bog‘liq mish-mishlarni alangalatib yuborgan. Plyaj yaqinidagi uyda 4 ta yotoqxona, 4 ta vanna, basseyn, SPA, fitness zali, yoga studiosi, bolalar o‘yin maydonchasi hamda shampan bari mavjud. Uning umumiy qiymati esa 5 million funtga baholangan.

Ibisa

Messining uy borasidagi eng so‘nggi xaridi bo‘lgan koshona O‘rtayer dengizida, Balear orollarida joylashgan. Uyning narxi 9,5 million funt ekani aytiladi. Ammo bunda ozgina muammo mavjud. Chunki Messining yangi uyiga egalik qilish uchun mahalliy hukumat vakillari hali sertifikat taqdim etmagan. Shunday bo‘lsada, uy Messi didiga moslanib qayta qurilmoqda. Keyingi yozga qadar bu ishlar yakun topishi aytilgan. Messi esa oilasi bilan ta’tilni Ibisada, ilk bor yangi uyida o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Rosario

Vatan qayda bo‘lsa, ko‘ngil ham o‘sha yerda, deyishadi. Garchand, o‘z orzulari yo‘lida 13 yoshidayoq Argentinani, Rosarioni tashlab ketishga majbur bo‘lgan bo‘lsada, Messi doimo u yerga hurmat va mehr bilan qaragan. Aytishlaricha, Messi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan shahardan umumiy qiymati 3 million funtga teng bo‘lgan, "The Fortress" deb ataluvchi koshonani sotib olgan. Argentinadagi uy 20-25 ta xonadan tashkil topgan. Unda yirik uy kinoteatri, to‘la jihozlangan trenajor zali va boshqa qulayliklar mavjud. Shuningdek, uyning tagida, yerto‘lasida 15 ta mashina sig‘adigan maxsus garaj ham mavjud. Messi ushbu uyni sotib olganidan keyin, otasi Xorxe Messining nomiga o‘tkazib qo‘ygan. Bir kun kelib, "Barselona" afsonasi futbolni tark etsa, katta ehtimol bilan o‘sha uyda butun oilasi bilan yashashi mumkin bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:28, 23.09.2022.
O'qildi: 3943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.