Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis Qatarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) jarohat oldi. 21 yoshli kanadalik uchrashuvning 60-daqiqasida almashtirildi.
Aniq tiklanish vaqti va jarohatning qandayligi futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Devis joriy mavsumda “Bavariya” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













