Italiya terma jamoasi hujumchisi Jakomo Raspadori Millatlar ligasi doirasidagi Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
“Biz yaxshi o‘ynadik. Hujumkor futbol ko‘rsatdik, o‘zimizni qurbon qildik. Bu ajoyib o‘yin va ajoyib natija edi. Bizga bu stadionda buyuk jamoaga qarshi g‘alaba kerak edi. Biz o‘zimiz bilgandek bo‘lishga intilishimiz borligini ko‘rsatdik", - deya Raspadori so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.