"Empoli" himoyachisi Fabiano Parizi qishda o‘z jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqida uning agenti Mario Jifreddi aytib o‘tdi. U shunday deydi:
"Ha, u istalgan jamoaga kerak futbolchilar sirasiga kiradi. Shu sabab yanvarda yoki yanagi yozda u uchun jamoa qidirishga to‘g‘ri keladi. Parizi juda talabchan. Unga ko‘plab klublardan qiziqishlar mavjud. Ammo hozirgi kelishuvimizga ko‘ra, kutishga qaror qildik".