Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Angliya Jahon chempionatida asosiy tarkibni qay uslubda tanlaydi?

Angliya Jahon chempionatida asosiy tarkibni qay uslubda tanlaydi?

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi safarda Italiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Millatlar ligasi doirasida kechgan ushbu o‘yin shuni ko‘rsatdiki, Angliya turnirning keyingi formatini B ligada boshlaydi. Inglizlarni guruhda birgina Germaniyaga qarshi bahs kutib turibdi. Ko‘p ehtimol, bu o‘yin hech narsani anglatmaydi. Ayniqsa, Angliya uchun. Quyida siz bilan Angliyaning Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialga qanday asosiy tarkib tanlashini muhokama qilamiz. Unda sobiq "Arsenal" futbolchisi Pol Mersonning tanlovi ko‘rib chiqiladi.

"Uch Sherlar" yilning eng nufuzli musobaqasini guruhda Eron bilan o‘yindan boshlaydi. Ushbu bahs 21 noyabrda start oladi. Sobiq Angliya hamda "Arsenal" yarim himoyachisi Merson Sautgeytning ushbu bahs uchun tanlovini taxmin qilib ko‘rdi. Unga ko‘ra, tarkib quyidagicha ko‘rinish oladi.
Kayl Uoker hamda Jon Stounz markaziy himoyaga qo‘yiladi. Aleksander-Arnold hamda Kiran Trippyer esa qanotda harakat qiladi. Deklan Rays mudofaaga eng yaqin ko‘makchi sifatida tayanch hududidan joy oladi. Meyson Mount va Fil Fodenlar esa hujumga yordam berish uchun vazifalantiriladi. Hujum triosidan Xarri Keyn (markazda), Rahim Sterling (chapda) hamda Markus Reshford (o‘ngda) o‘rin olgan.

Ushbu tarkib ijtimoiy tarmoqlarga yuklanidan keyin ko‘pchilik muxlislarda e’tiroz uyg‘otdi. Ulardan biri shunday yozadi: "Hammamiz Sautgeytning Maguayrni sevishini bilamiz-ku. U har qanday holatda ham Maguayrni asosiyda maydonga tushiradi. Hatto, u o‘yindan bir kun oldin oyog‘ini sindirib olsa ham".
Ikkinchi ingliz muxlisidan esa bunday fikr yangradi: "Trent 4 talik yarim himoyachi uslubida qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘ladi? Menimcha, u hozir 5 talik tizimda yaxshiroq harakat qiladi. 4 talikda esa u bilan ancha kuchsizlanib qolamiz".
Uchinchi bir inson Twitter'da shunday deb yozgan: "Saka jamoadagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U Yevro-2020da zo‘r ko‘ringan edi. Qolaversa, u klubi safida ham rivojlanishda davom etmoqda. Nega uni asosiyga kiritishmagan? Kamiga 4 ta himoyachidan bor-yo‘g‘i 1 tasi markaziy himoyachi. Tushunib bo‘lmaydi".

Angliya Italiyaga qarshi o‘yinida ayrim nomlardan foydalana olmadi. Ular ichida terma jamoaga ilk bor chaqiruv olgan Ayvan Touni ham bor edi. Ammo u Italiya bilan bahsda, hatto, qaydnomaga ham kiritilmagan. Shuningdek, Kalvin Fillips o‘rinini egallagan Jordan Xenderson ham maydonga tushirilmadi. Ro‘yxatda himoyachilar Mark Gexi va Ben Chilvell ham bor. Qolaversa, iyun oyida Vengriya bilan o‘yinda qizil kartochka bilan jazolangan Stounz ham Italiya bilan o‘ynay olmadi. Endilikda, ular Germaniyaga qarshi bahsni kutishga majbur.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:00, 25.09.2022.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик