Yarim himoyachi Allan "Everton"dan Amirliklarning "Al Vahda" klubiga o‘tdi. 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan.
Allan ingliz klubida 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda edi. U avval Yevropada “Napoli”, “Udineze” va “Granada” klublarida to‘p tepgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda braziliyalik yarim himoyachi Premyer-liganing 28ta o‘yinida 2ta golga assistentlik qilgan va 7ta sariq va 1ta qizil kartochka olgan. Bu mavsumda u maydonga tushmadi.