Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ravshan Ermatov o‘zbek hakamlarining saviyasi tushib ketayotganini ta’kidladi

Ravshan Ermatov o‘zbek hakamlarining saviyasi tushib ketayotganini ta’kidladi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Coca-Cola Superliga hakamlari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminarni O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berdi va o‘z nutqi davomida mamlakatimizda hakamlik darajasi sezilarli pasaygani jamoatchilik tomonidan ham qayd etilayotganini aytib, masalaga tanqidiy yondashish lozimligiga urg‘u berdi.

Seminar davomida FIFA o‘yin qoidalariga oid yangiliklar e’lon qilindi. Shuningdek, tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida hakamlarning so‘nggi vaqtlardagi xatti-harakatlari tahlil qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi direktori Laziz Qo‘chqorov so‘zga chiqib, Markaz ochilganidan buyon hakamlikni rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilgani, biroq shunga qaramay futbol jamoatchiligida hakamlarga ishonchsizlik bilan qaralayotganiga e’tibor qaratdi.

Seminar davomida e’tiborga molik yangiliklardan Aziz Asimov FIFAdagi o‘rnini Rahimbek Karimovga bo‘shatib bergani bo‘ldi. Bu o‘z navbatida yosh hakamlarga bo‘lgan ishonch bo‘lib ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Coca-Cola Superliga yordamchi hakamlarining gonorari oshirilgani seminar ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi. Istiqbolda Pro liga yordamchi hakamlari va nazoratchilarning ham gonorarlari oshirilishi ma’lum qilindi.

Kunning ikkinchi qismida esa VAR bo‘yicha zaruriy uslubiy tavsiyalar berildi. Seminarda Vladislav Seytlin, Valentin Kovalenko va Bobur Haydarov kabi tajribali mutaxassislar ishtirok etishdi.

Manba: https://t.me/uzfhm
Kiritildi: 14:14, 26.09.2022.
O'qildi: 2121 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.